E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 9 | P a g e XORAZM TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA STAXIS O’SIMLIGI AYRIM TURLARINING URUG’ MAHSULDORLIGI R. A. Eshmuratov b.f.n., dotsent, Nukus davlat pedagogika intituti, Nukus. D. R. Annamuratova b.f.n., dotsent, Urganch davlat universiteti,Urganch. M. K. Turaeva Magistrant, Urganch davlat universiteti,Urganch. S.A.Egamberdieva Talaba, Urganch davlat universiteti,Urganch. Annotatsiya Xorazm tuproq-iqlim sharoitida introduktsiya qilinayotgan yangi manzarali va dorivor Stachys turkumi turlaridan Stachys byzantina = S. lanata o’simligining urug’ mahsuldorligi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar. Stachys, S. Byzantina, introduktsiya, urug’, mahsuldorlik, PUM, HUM, O’simlikning urug’ mahsuldorligi shu turning istiqbolini belgilovchi omil hisoblanadi. Har qanday turning biologik tavsifini berish uchun uning urug’ mahsuldorligini aniqlash talab qilinadi. Bu esa mazkur turni tabiatda va iqlimlashtirilgan sharoitda qo’llash imkoniyatini ko’rsatadi [4]. Lamiaceae oilasiga mansub Stachys turkumining ko’pchilik turlari dunyoning ko’p mamlakatlarida turli maqsadlarda o’rganilgan. O’zbekistonda uchraydigan ayrim turlarining introduktsiya sharoitlaridagi xususiyatlari I.V. Belolipov [2], Eshmuratov R.A i [3]., Annamuratova D.R.... [1] va boshqa bir qator olimlar tomonidan tadqiq etilgan. O’rganilgan o’simliklar urug’larining ichki tomoni uchta qirrali, tashqi tomoni qavariq shakldagi yong’oqcha. S. byzantina da urug’larining rangi jigarrang tusda bo’lib (1 - rasm), urug’larining uzunligi 3,2±0,11 mm, eni 2,6±0,10 mm ni tashkil etdi (1-jadval). 1000 dona urug’ining massasi S. byzantina da https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 10 | P a g e 1,54±0,06 g ga teng bo’ldi. Biz adabiyotlardan Stachys turkumi turlarining urug’ mahsuldorligi to’g’risida ma’lumotlarni R.A.Eshmuratovning [2] Toshkent sharoitida o’stirilgan staxis o’simligi ustida o’tkazgan tajribalarida uchratdik. Shu sabab, Xorazm sharoitida 2021-2022 yillarda o’rganilgan o’simliklarda potentsial urug’ mahsuldorligi (PUM) va haqiqiy urug’ mahsuldorligi (HUM) ni aniqladik. -rasm. S.byzantina (A) urug’larining ko’rinishi (mm) 1-jadval Stachys turkumi S.byzantina turi urug’larining morfologik ko’rsatkichlari O’simlik nomlari Urug’larning rangi O’lchamlari (mm) Urug’larning absolyut massasi, g. uzunligi eni S. byzantina jigarrang 3,2±0,11 2,6±0,10 1,54±0,06 O’rganilgan o’simliklarning urug’ mahsuldorligini o’rganish uchun S.byzantina turdan o’ntadan o’simlik olindi. Har bir o’simlikdagi to’pgullar soni, har bir to’pguldagi gullar soni hamda bir o’simlikdagi gullar soni (PUM) hisoblab chiqildi. SHuningdek, bir to’pguldagi mevalar soni, bir o’simlikdagi urug’lar soni (HUM) hamda urug’ mahsuldorligi koeffitsienti hisoblandi. Xorazm sharoitida S. byzantina ning bitta generativ novdasida 2021yil (n=10) PUM 518,2±20,8 donani, HUM 233,7±9,4 donani, mahsuldorlik koeffitsienti м м м м https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 11 | P a g e (Mk) esa 43,1±2,8% ni tashkil qildi. 2022 yil (n=10) PUM 730,8±27,1 donani, HUM 366,8±16,5 donani, mahsuldorlik koeffitsienti (Mk) esa 48,2±3,5% ni tashkil qildi. (2-jadval). 2-jadval Xorazm sharoitida S. byzantina o’simligi bitta generativ novdasining o’rtacha urug’ mahsuldorligi (n=10) O’simlik turi Yillar Urug’ mahsuldorligi, dona Mahsuldorlik koeffitsienti, Mk % PUM HUM S. byzantina 2021 518,2±20,8 233,7±9,4 43,1±2,8 2022 730,8±27,1 366,8±16,5 48,2±3,5 Ikki yillik tajriba natijalariga ko’ra, S. byzantina o’simligining haqiqiy urug’ mahsuldorligi koeffitsienti yillar misolida 2022 yilda nisbatan ancha yuqori bo’lganligi aniqlandi. Urug’larning sifat ko’rsatkichlari yaxshi bo’lib, hasharotlar bilan zararlanganligi kuzatilmadi. O’rganilgan staxis turlarida gullash jarayoni may oyining birinchi dekadasidan boshlanib, iyunь oyining oxirigacha davom etishi kuzatildi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Annamuratova D.R, Eshmuratov R.A va ... . Xorazm tuproq-iqlim sharoitida staxis byzantina o’simligini ko’paytirish usullari va hosildorligi. Xorazm Ma’mun akademiyasi Axborotnomasi. 2/2023. Xiva. 2. Belolipov I.V. Introduktsiya travyanistыx rasteniy prirodnoy florы Sredney Azii (ekologo-introduktsionnыy analiz).–Tashkent: Fan, 1989.– 152 s. 3. Eshmuratov R.A. Turli introduktsiya sharoitlarida stachys l. turkumi ayrim turlarining bioekologik xususiyatlari: nomzodlik dissertatsiyasi. – Tashkent, 2012. – 145 b. 4. Raximova T.T. O’simliklar ekologiyasi va fitotsenologiya. Toshkent: Universitet, 2009. – 72 b. https://eglobalcongress.com/index.php/egc