E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 12 | P a g e XORAZM TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA CATHARANTHUS ROSEUS L. O’SIMLIGINING ONTOGENEZ DAVRLARINI O’RGANISH D.R.Annamuratova b.f.n., dotsent, Urganch davlat universiteti,Urganch. O’.R. Abdullaev b.f.f.d. (PhD), o’qituvchi, Urganch davlat universiteti,Urganch. M. SH. Raximov Talaba, Urganch davlat universiteti,Urganch. e.mail - dannamuratova@mail.ru. Annotatsiya Xorazm tuproq-iqlim sharoitida manzarali va dorivor Satharanthus roseus l. o’simligining rivojlanish fazalari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar. Satharanthus roseus l, urug’, latent, virginil, yuvenil, generativ, maysa. O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi davlat dasturida ham global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi halokatining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini tarmoqlarini yanada kengaytirish; yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan ekinlarining yangi seleksiya navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy- tadqiqot ishlarini kengaytirish vazifasi qat’iy ravishda belgilab berilishida ham inson omili va uning hayot tarzini yanada yuksaltirishga, go’zal va sog’lom muhitni yuzaga keltirishga alohida e’tibor qaratilganligi bejiz emas [1]. Shu bois hozirgi kunning dolzarb muammolaridan kelib chikkan holda manzarali o’simlik Satharanthus roseus l.o’simligining Xorazm sharoitida bioekologik xususiyatlarini o’rgandik. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 13 | P a g e Catharanthus roseus L.– pushti bo’rigul, vinka, pushti katarantus yoki pushti barvinog ko’pincha bu o’simlik Madagaskar barvinogi deb ham ataladi, chunki turkum shu orolning endemigi hisoblanadi. Bundan tashqari pushti katarantus g’arbiy Xindistonda ham uchraydi. Catharanthus roseus L.ning ontogenez davrlari. Gulli o’simliklar hayotiy tsiklida yerga tushgan urug’dan urug’ hosil qilib, toki tabiiy holda qariguncha o’tgan davr ontogenez yoki o’simlikning individual taraqqiyoti deb ataladi. O’simliklarni guruhlarga ajratishning metodik usuli o’simliklar maьlum davrlarga bo’linadi degan fikrga asoslanadi. Ontogenez davrlarining hammadan oddiy, qulay va bir qadar yaxlit sxemasini T.A.Rabotnov taklif etgan. 1. Latent (yashirin) davr – birlamchi tinim davri, bu davrda o’simlik urug’lari, mevalar va boshqa murtaklar ko’rinishida tinim xolatida bo’ladi. 2. Virginil davr – bu davr murtaklari unib chiqqandan boshlab generativ organlar paydo bo’lguncha davom etadi. 3. Generativ davr – urug’lar yoki boshqa reproduktiv murtaklar bilan generativ ko’payish davri. 4. Senil davri – meva tukkandan keyin keladigan qarilik davri. Bu davrda o’simlik generativ ko’payish qobiliyatini yo’qotgan bo’ladi. O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligining muhit sharoitlariga bog’liqligini, ularning yangi muhit sharoitlariga moslashish mexanizmlarini o’rganish o’simliklarni introduktsiya qilishning muhim sharti hisoblanadi. SHu bois pushti katarantusning o’sishi va rivojlanishining xususiyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Pushti katarantusning ontogenezi- latent, virginil va generativ davrlarda o’rganildi. Latent davri. Urug’ning tinim holati – asosiy moslanish xususiyatlaridan biridir. Meva va urug’lar, murtakni himoya qilish va unish vaqtigacha saqlash hamda dessiminatsiyani ta’minlash kabi qator funktsiyalarni bajaradi. Pushti katarantusning urug’lari mayda bo’lib, qoramtir tusda. Pushti katarantus urug’larining kattaligi 0,9-1 mm ni tashkil qildi. Pushti katarantusning 1000 dona urug’ining o’rtacha og’irligi 1,17 g – 1,3 g. ni tashkil qildi (1-jadval). https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 14 | P a g e Pushti katarantus urug’larining laboratoriya sharoitida unib chiqishi uchun qulay harorat 24-260 S bo’lib, 5-6 kundan keyin unuvchanlik 72,8% ni tashkil etsa, 9- 10 kundan so’ng 80-85% unib chiqdi. 1- Catharanthus roseus L.urug’larining o’lchamlari, vazni. Yil Urug’ 1000 dona urug’ og’irligi,g uzunligi, mm eni, mm 2017 1,2±0,05 1,0±0,05 1,3±0,05 Pushti katarantus urug’larining unuvchanligiga haroratning ta’siri o’rganilganida harorat ortishi bilan urug’larning unishi ham tezlashdi. O’simlikning urug’lari past bo’lgan haroratda unmaydi. Dala sharoitida pushti katarantus urug’larining unuvchanligi 72-76% ni tashkil qildi. O’rganilgan pushti katarantus urug’lari unuvchanligi hosil yig’ilgandan so’ng 2 chi oyda 97% ni, 6 oyda esa 86% tashkil etdi. Virginil davri. Pushti katarantus o’simligi ontogenezining virginil davri ham o’rganildi: maysa, yuvenil yoshli o’simlik. Maysa bosqichi. Pushti katarantus urug’lari Xorazm viloyati sharoitida aprelь oyining o’rtalarida ekildi. Tajriba dalasiga aprelь oyining o’rtalarida ekilgan pushti katarantus urug’laridan maysalar 20-25 kundan keyin paydo bo’ladi. Bu subtropik o’simlik bo’lganligi sababli tuproq harorati 20-25°S dan yuqori bo’lishiga harakat qilish lozim. Maysalar unib chiqishi uchun tuproq yuzasi nam holda saqlanadi. Maysalarning o’sishi dastlabki kunlarda juda sekin, kunlar isishi bilan biroz jadallasha bordi. Gipokotilning uzunligi 0,4-0,6 sm ga yetdi. Bu paytda havoning o’rtacha harorati 18-220S ga teng edi. Pushti katarantusning maysalari mayda, yashil rangda bo’lib, issiqlikka yuqori ehtiyoj sezdi. May oyining birinchi dekadasi oxirida maysalarning bo’yi o’rtacha 4,5-6,5 sm gateng, 2 ta bargi bo’lib, nihollarning ildizlari 2 - 3sm ga chuqurlashdi. Yuvenil bosqich. Pushti katarantus o’simligi yuvenil bosqichining boshlanishi (birinchi chin barglarining hosil bo’lishi) 17-20 may kunlari kuzatildi. Bu davrda yuvenil o’simligining bo’yi 8-9 sm bo’lib, nihollarning o’sishi sezilarli darajada jadallashdi. Iyunь oyining boshlarida o’simlik ko’chatlarining bo’yi 11-14 sm https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 15 | P a g e bo’ldi. SHu oyning o’rtalariga kelib o’simliklarning balandligi 14-19 sm ga yetdi, ildizlari esa 5-6 sm ga chuqurlashdi. Generativ davri. Pushti katarantusning g’unchalashi iyunь oyining oxirgi dekadasida boshlanadi. Generativ davrga kelib, o’simlikning o’sish sur’ati jadallashib, balandligi 30-33 sm ga yetdi. O’simlikda 2-3 ta yon novdalar hosil bo’ldi. O’simlikning ildizi 16-19 sm ga chuqurlashgan. Iyulь oylarining boshlarida o’simlikning balandligi 40-43 sm ni tashkil qildi. Avgust oyining birinchi dekadasida o’simlikning balandligi 46-60 sm ga yetib, umumiy vegetatsiya davri Xorazm viloyati sharoitida birinchi sovuq kunlar(oktyabr oyi) tushgunicha davom etishi aniqlandi [7]. Pushti katarantus 9–10 juft barglar hosil qilsa (60–63 kun) shonalay boshlaydi, 70–72 kunda gullaydi. Yon novdalari 75-78 kunda o’sib chiqadi, 120 kundan keyin mevalari to’liq pishib yetiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. O’zR Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi haqida”gi farmoni. 2. Beydeman I.N. Metodika izucheniya fenologii rasteniy i rastitelьnыx soobщestv. –Novosibirsk: Nauka, 1974. – 154 s. 3. Raximova T.T. O’simliklar ekologiyasi va fitotsenologiya. – Toshkent, 2009. – B. 72. 4. Qarshiboev.X.Q., Ashurmetov.O.A. “O’simliklarning o’sish va rivojlanishi” temasi yuzasidan studentlar ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazishga doir ayrim metodik ko’rsatmalar. Toshkent . 1989. 3-20.b. 5. SHalit M.S. Vegetativnoe razmnojeniya i vozobnovlenie vыsshix rasteniy i metodы yego izucheniya // Polevaya geobotanika. V 13-x t. –M.-L.: AN SSSR, 1960. T.2. –S.381-383. 6. Rabotnov T.A. Jizzennыy tsikl mnogoletnix tryavenistыx rasteniy v lugovыx tsenozax / Tr. BIN ANSSSR, 1950. Ser 3. №6. – S. 7-204. 7. Annamuratova D.R. va …. . Xorazm tuproq-iqlim sharoitida Catharanthus roseus l. o’simligining bioekologik xususiyatlari. O’zbekiston Milliy universitetining 100 yilligi va biologiya fanlari doktori, professor Safarov Karimjon Safarovich ning ilmiy va pedagogik faoliyatiga bag’ishlangan ―O’simliklar introduk tsiyasi: yutuqlari va istiqbollari mavzusi dagi ilmiy- amaliy anjuman materiallarida. Toshkent-2018. 93 –95 bet. https://eglobalcongress.com/index.php/egc