E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 16 | P a g e O’QUVCHI MANTIQIY TAFAKKURINI O’STIRISH OMILLARI F. M. Kasimov Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti Bahodirova Mohinur Buxoro davlat pedagogika instituti, boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi O’quvchi mantiqiy tafakkurini shakllantirish va uni o’stirish bugungi kunda har bir o’qituvchi zimmasidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi O’quvchilar bilish faoliyatini o’rganishda zamonaviy didaktika ta’lim psixologiyasi yutuqlaridan foydalanadi. O’quv materiali yosh va mazmunga bog’liq holda bu faoliyatning o’ziga xosligi ta’lim jarayoni psixologik qonuniyatlarini o’rnatadi, bilish faoliyatida o’quvchilarning individual va tipik xususiyatlarini ko’rib chiqadi. O’zlashtirish jarayonida tahliliy-sintetik faoliyat, shuningdek qiyoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish va aniqlashtirish kabi fikriy operatsiyalar muhim rol o’ynaydi. Tahlil - bu, bilish predmetini qismlarga fikran bo’lishdir.Boshlang’ich sinf o’quvchisi murakkab matnli masalalarni yechishga kirar ekan,masalani bir nechta sodda masalalarga ajratib, ularni yechib, berilgan masala yechimi aniqlaydi.Bu jarayonda o’quvchi masala tahlilini amalga oshirgan bo’ladi. Sintez - alohida elementlar yoki qismlarni bir butunga fikran birlashtirishdir. Jumladan, o’qituvchining «uchta o’nlik va to’rtta birlikdan iborat son necha deb ataladi», - degan savoliga javob berayotib, o’quvchilar sintezdan foydalanadilar (Uch o’nlik va to’rtta bir 34 sonini tashkil etadi); «52 sonida nechta o’nliklar va birliklar bor», - degan savolga javob berishda, o’quvchilar sonlar tahlilini amalga oshirishadi. Ta’lim bosqichlarining murakkablashib borishi bilan o’quvchilarda tahliliy- sintetik darajaning oshishi kuzatiladi. Tahlil sekin-asta ko’rgazmali - amaliylikdan (obyektlarni fikran bilish, mazkur obyektlar bilan amaliy harakatlar jarayonida amalga oshirilayotganda) ko’rgazmali (bilish obrazlar yordamida amalga oshirilayotganda) va so’zli - mantiqiyga (bilish mavhum tushuncha va mulohazalar shaklida amalga oshirilganda) tomon rivojlanadi. Sintez shuningdek, ancha to’liq va ko’p tomonlama bo’ladi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 17 | P a g e Qiyoslash bu — o’xshashliklar (umumiy xususiyatlarni ajratish) va tafovutlarni (har bir qiyoslanayotgan obyektlarning o’ziga xos xususiyatlarini ajratish) topish maqsadida bilish obyektlarini qiyoslash. Bu amallar boshqa barcha asosiy fikriy operatsiyalar asosida yotadi. Boshlang’ich maktab kursi qiyoslash - sonlarni, ifoda va sonlarni, ikki ifodani, masalalarni va boshqalarni qiyoslab, undan foydalanish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Umumlashtirish - o’rganilayotgan obyektdan umumiy, xususiy, muhim nomuhimni ajratishdir. Etakchi psixologlar tomonidan umumlashtirishga oid quyidagi qoida ishlab chiqilgan: o’quvchilarda to’g’ri umumlashmalarni shakllantirishning zaruriy qoidasi - muhimning doimiyligida, tushuncha, xususiyat va dalillarning nomuhim belgilarini o’zgartirishdir. Bu qoida tasavvur va tushunchalarni shakllantirishda o’ta muhim ahamiyatga ega. Jumladan, o’quvchilarga to’g’ri to’rtburchak haqida tasavvur berishda (1 sinf) bu tushuncha uchun nomuhim bo’lgan belgilarni: rangi (turli rangdagi to’g’ri to’rtburchaklarni olish) u tayyorlangan material, tekislikdagi holati, tomonlari uzunligining nisbatini o’zgartirish kerak. Boshqa barcha muhim belgilarni o’zgartirmay qoldirish, ya’ni: barcha burchaklarni to’g’ri va qarama-qarshi tomonlarini bir xil qilib qoldirish kerak. Barcha hollarda noma’lum harf X (iks, nomuhim belgi) bilan belgilash shunga olib keladiki, a + 2 = 7 ko’rinishidagi ifoda tenglama hisoblanmaydi: bu holda to’gri umumlashmani shakllantirish tenglamada lotin alifbosidagi turli harflar bilan noma’lumni belgilashga yordam beradi. Umumlashtirish oddiy shakllardan to ilmiy umumlashmalarga qadar rivojlanadi. Umumlashmalarning to’g’riligi uni o’quvchilar egallashining mezoni. Bu o’zlashtirilgan operatsiyalarni ko’chirib o’tkazish, ya’ni ulardan yangi sharoitlarda foydalanishga xizmat etadi. Shu sababli zamonaviy didaktika va psixologiya ko’chirib o’tkazish muammosiga katta e’tibor beradi. Umumlashtirib - mavhumlashtirish - bilish obyektidan bir xususiyatni chiqarib tashlab, boshqasini chiqarib tashlashdan iborat fikriy operatsiya bilan yaqin aloqadadir. Bu xususiyatlar o’rganilayotgan predmet va hodisalarning «ichiga» kirishga imkon beradi. Jumladan, o’quvchilarda "uchburchak" tushunchasini shakllantirishda tomonlari va burchaklarining nisbiy o’lchovlari, tekislikdagi holati va boshqa shu kabi belgilar chiqarib tashlanadi, faqat bittasi - uchta https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 18 | P a g e burchakli mazkur tipdagi geometrik figuralar mavjudligi ajratib olinadi. Ta’limning dastlabki bosqichlaridayoq o’quvchilarning mavhumlashtirish qobiliyati namoyon bo’ladi. O’qituvchi rahbarligidagi ta’lim chog’ida bu qobiliyat rivojlanadi, mavhumlashtirish shakli ham murakkablashadi - hissiy ko’rgazmalilikdan fikriylikka o’tiladi, u ikkinchi signal sistemasi yordamida tushunchaga aylanadi. Mavhumlashtirishga yaqin fikriy operatsiya aniqlashtirish nomini olgan. Aniqlashtirish: 1. Umumiydan xususiyga fikriy o’tish sifatida; 2. Mavhumiydan - umumiyga, aniqlikdan-xususiyga uning turli xususiyat va belgilarini topish orqali yetishish, mavhum-umumiyni aniq mazmun bilan to’ldirish, boyitish sifatida namoyon bo’ladi. Dialektika bilishda mavhumiylik va aniqlashtirish birligi o’rnatiladi. Bu birlik o’zaro aloqadagi fiziologik asosi - ikki signal tizimiga ega. Aniqlashtirish yordamida ilmiy mavhumiylik mazmuni ochiladi, ular aniq predmetlarning alohida tomonlarini boshqalaridan mavhumlashtirib aks ettiradi. Mavhumlashtirishda predmetlar o’z butunligini yo’qotadi; bilish esa real voqelikdagi .predmet va hodisalar tomonlarini bir butunlikda ochib bergandagina haqqoniy bo’ladi. Bilimni chinakam egallashga mavhum tushunchalar dalillar orqali aniqlashtirilgandagina erishiladi. Ta’lim jarayonida aniqlashtirish ikki shaklda: hissiy ko’rgazmali vositalar (predmetlar, rasmlar, chizmalar va boshqalar) va so’zli - mavhum shaklda (hikoya, tushuntirish, maxsus topshiriqlarni hal etish) amalga oshiriladi. Maktabning muhim vazifalaridan biri - o’quvchilarga aqliy faoliyat usullari yordamida ta’lim berishdir. Aqliy faoliyat usullariga fikriy operatsiya usullari - umumlashtirish, mavhumlashtirish va boshqalar kiradi. Xususiydan umumiyga umumlashtirish usuli (induktiv yo’l bilan), masalan, quyidagi amallar tartibida aks etishi mumkin: a) topshirilgan predmetlarni solishtirish; b) ularning har biri uchun umumiy bo’lgan barcha belgilarni ajratish va nomini aytish; v) predmetlarni belgilariga ko’ra birlashtirish. Umumlashtirish deduktiv yo’l bilan amalga oshirilganda (umumiydan xususiyga) o’quvchilar tushunchani, aytaylik to’g’ri to’rt burchakni oldindan bilib topshirilgan geometrik figuralardan tanlab olishi va umumiy belgilarini aytishi lozim. Yangi topshiriqlarni ongli ravishda ko’chirib o’tkazish aqliy faoliyat usulini o’zlashtirganlik ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 19 | P a g e Aqliy faoliyat usullari o’quv ishlari usullari bilan uzviy bog’liqdir. O’quv ishlari usullari muayyan amallar, ko’rsatmalar, tavsiyalar, qoida va hokazolar shaklida ifodalanadi. Ularning vazifasi - muayyan masalalarni hal etishda o’quvchilar tashabbusini bo’g’may, umumiy yo’nalish berishdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning aqliy rivojlanishi, ularning faol va mustaqilligi, ijodiy yondashuv ko’p jihatdan o’quvchilarning o’quv ishlari va aqliy faoliyat usullarini egallaganligiga bog’liq. Oquvchi mantiqiy tafakkuri bolada shakllangan aqliy faoliyat usullarini amalda tadbiq etishi bilan belgilanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mukhammedovich K. F. Development Students' Thrift Skills in Solving of Tasks. – 2021. 2. QOSIMOV F. BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARINI SODDA MASALALAR BILAN TANISHTIRISH METODIKASI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1. 3. Fayzullayevich F. K. Modern Methods and Approches of Assessing Knowledge and Skills in Information Technology Classes //JournalNX. – Т. 6. – №. 06. – С. 107-111. 4. Muxammedovich Q. F., Muxammedovna Q. M. Technology of work on comparison tasks //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. – 2019. – Т. 2019. 5. QOSIMOVA M. TO DEVELOP STUDENTS’SKILLS OF NATURE CONSERVATION AND RESPECT FOR HUMAN LABOR BY TEACHING THEM TO SOLVE ENVIRONMENTAL PROBLEMS //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 2. – №. 2. 6. Kasimov F. F. O. G. L. MASALANI MUHOKAMA QILIB YECHISH ORQALI O’QUVCHILARDA XULOSA CHIQARISH KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISH //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1038- 1047. 7. Muhammedovich K. F. et al. SEARCH FOR DIFFERENT SOLUTIONS TO THE PROBLEM //EUROPEAN JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND PRACTICE. – 2022. – Т. 2. – №. 4. – С. 72-78. 8. Qosimova M., Qosimov F. KO ‘PAYTIRISH VA BO ‘LISHGA DOIR MASHQLAR TIZIMINI TUZISH BO ‘YICHA BO ‘LAJAK BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARI UCHUN USULIY TAVSIYALAR https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 20 | P a g e //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 18. – №. 18. 9. Qosimova M., Qosimov F. IKKI SONNING YIG ‘INDISI (YOKI AYIRMASI) VA KARRALI NISBATIGA KO ‘RA SHU SONLARNI TOPISHGA DOIR MASALALAR //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 18. – №. 18. 10. Qosimova M., Qosimov F. ARIFMETIK MASALALARNI YECHISHDA TAVSIYA ETILADIGAN ILMIY-USULIY MULOHAZALAR //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т. 27. – №. 11. Adizova, Nodira. "Nominal description of the bukhara." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 2.11 (2021): 330-335. 12. Adizova, Nodira. "BOSHLANG ‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O ‘QUVCHILAR NUTQINI O ‘STIRISH OMILLARI: XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AX OROTNOMАSI." Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti jurnali 2.2 (2022). 13. ADIZOVA, Nodira. "TOPONIMLAR TARKIBIDA TOPOASOS, TOPOFORMANT HAMDA INDIKATOR TUSHUNCHALARI (BUXORO TUMANI MISOLIDA)." EDAGOGIK AHORAT: 47. 14. Baxtiyorovna, Adizova Nodira, and Jamolova Lubat Ilhomovna. "FAOL TA’LIM ASOSIDA DARSLARN TASHKIL QILISH‒TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA." PEDAGOGS jurnali 1.1 (2022): 52-53. 15. Adizova N. B. The Role Of Ethnotoponyms In The Bukhara District Microtopony //Scientific reports of Bukhara State University. – 2020. – Т. 4. – №. 2. – С. 131-134. 16. Adizova N. B. THE ROLE OF ETHNOTOPONYM IN THE TOPONYM OF BUKHARA DISTRICT //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 1. – С. 414-416. 17. Адизова Н. Mikrotoponimlar tasnifi (Buxoro viloyati misolida) //Общество и инновации. – 2022. – Т. 3. – №. 3/S. – С. 128-132. 18. Adizova N. Nominal description of the bukhara //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2021. – Т. 2. – №. 11. – С. 330- 335. 19. Adizova, Nodira. "BOSHLANG ‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O ‘QUVCHILAR NUTQINI O ‘STIRISH OMILLARI: XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AX OROTNOMАSI." Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti jurnali 2.2 (2022). https://eglobalcongress.com/index.php/egc