E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 75 | P a g e MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA TALABALARNING O’QISHINI TASHKIL ETISH F. F. Kosimov BuxDU tayanch doktoranti Jahonda Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, bo’lajak mutaxassislarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ta’limda ilg’or texnologiya, didaktik vositalar va uskunalardan keng foydalanish, o’qitishning zamonaviy usullarini integratsiyalash masalalari dolzarb vazifalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Dunyoda ta’limning barqaror taraqqiyotini ta’minlovchi bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy rivojlantirish metodikalarini ishlab chiqish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilib ta’lim dasturlarini UNESCO tomonidan qabul qilingan “ta’limning xalqaro standart tasniflagichi” (MSKO) darajalari bilan uyg’unlashtirish o’quv jarayoniga milliy kvalifikatsiya tizimini to’laqonli joriy etish, ta’lim tizimi va mazmunini innovatsion loyihalash ta’limning innovatsion metodik modellarini yaratish va ularni muayyan ta’lim amaliyotiga joriy etilmoqda. Kalit so’zlar: Masofaviy ta’lim, innovatsion texnologiyalar, masofaviy oʼqitish, masofaviy taʼlimni tashkil qilish usullari, masofaviy oʼqitish tizimi, oʼquv muassasasida masofaviy taʼlim (MT). Masofaviy taʼlim modellari Ключевые слова: Дистанционное обучение, инновационные технологии, методы организации дистанционного обучения, система дистанционного обучения, дистанционное обучение в образовательном учреждении (МО). Модели дистанционного обучения Keywords: Distance learning, innovative technologies, distance learning, methods of organizing distance learning, distance learning system, distance learning in an educational institution (MO). Distance learning models Mamlakatimizda Oliy malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash mexanizmini xalqaro ta’lim standartlari asosida tayyorlashning zarur shart sharoitlarini yaratishni, masofaviy ta’lim sharoitida talabalarga bilim berishning yangicha usul vositalarni qo’llash metodikasini takomillashtirish asosiy vazifa sifatida https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 76 | P a g e belgilanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi. Unda masofaviy ta’limni tashkil etish yuzasidan Nizom tasdiqlangan. Masofaviy ta’lim to’g’risida berilgan nizomda quyidagicha ta’rif berilgan: masofaviy ta’lim — talaba va ta’lim beruvchining axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishiga, interaktiv audio va videokonferensiyalar orqali ma’lum vaqt orasida o‘zaro muloqotda bo‘lishiga, elektron pochta orqali to‘g‘ri va teskari aloqa o‘rnatishiga, jumladan xabarlarni yuborishi va qabul qilishiga mo‘ljallangan, bilim va ko‘nikmalarni, o‘quv dasturlarini masofadan turib o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim shakli. Masofaviy taʼlimda talaba va oʼqituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda oʼzaro maxsus yaratilgan oʼquv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda boʼladilar. Internet texnologiyasini qoʼllashga asoslangan masofaviy oʼqitish jahon axborot taʼlim tarmogʼiga kirish imkonini beradi, integratsiya va oʼzaro aloqa tamoyiliga ega boʼlgan muhim bir turkum yangi funktsiyalarni bajaradi. Masofaviy oʼqitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi, yaʼni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bogʼliq. Masalan, anʼanaviy bosma usuliga asoslangan oʼqitish vositalari (oʼquv qoʼllanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferentsiyalar maʼlum vaqt orasida oʼzaro muloqotda boʼlishga, elektron pochta toʼgʼri va teskari aloqa oʼrnatishga, yaʼni xabarlarni joʼnatish va qabul qilishga moʼljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videomaʼruzalar talabalarga maʼruzalarni tinglash va koʼrish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga oʼzaro teskari aloqa orqali oʼqitish imkonini beradi. Masofaviy ta’limning maqsadi: axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qat’i nazar, unga ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish, talabalarning qiziqishlari, iqtidori va ehtiyojlariga muvofiq kasbiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat. https://eglobalcongress.com/index.php/egc http://lex.uz/uz/docs/-5841063#-5844720 E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 77 | P a g e Masofaviy ta’lim quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi: ishtirokchilarning interfaolligi, talabalarning identifikatsiya qilinishi, yangi axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi, ta’lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi. Masofaviy ta’limni tashkil etishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: talabalarning masofadan turib ta’lim olish va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, o‘quv jarayonini tashkil etishning umumiy, guruh va individual shakllarining uyg‘unligi, kadrlarning kasbiy darajasini oshirish va ularning mustaqil bilim olishiga ko‘maklashish, talabalarga mamlakatning har qaysi hududida va uning tashqarisida ta’lim olishning teng imkoniyatlarini taqdim etish, ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish orqali ta’lim tizimining jozibadorligini oshirish. Masofaviy oʼqitish – eng yaxshi anʼanaviy va innovatsion metodlar, oʼqitish vositalari va shakllarini oʼz ichiga olgan sirtqi va kunduzgi taʼlim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan taʼlim shaklidir. Masofaviy oʼqish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan taʼlim tizimidir. U taʼlim oluvchiga maʼlum standartlar va taʼlim qonun-qoidalari asosida oʼquv shartsharoitlari va oʼqituvchi bilan muloqotni taʼminlab berib, oʼquvchidan koʼproq mustaqil ravishda shugʼullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda oʼqish jarayoni taʼlim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda boʼlishiga bogʼliq emas. Masofaviy oʼqitish tizimi – masofaviy oʼqitish shartlari asosida tashkil etiladigan oʼqitish tizimi. barcha taʼlim tizimlari singari masofaviy oʼqitish tizimi oʼzining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Masofaviy ta’limning imkoniyatlari quyidagilardan iborat: - Taʼlim olishda yangi imkoniyatlar (taʼlim olishning arzonligi, vaqt va joyga bogʼliqmasligi va boshqalar). - Masofaviy ta’lim shakli asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul parametrlari 300 nafar talabadan, bir magistratura mutaxassisligiga 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi. - Taʼlim olishni xohlovchilar sonining oshishi. - Sifatli axborot texnologiyalarining paydo boʼlishi va rivojlanishi. - Xalqaro integratsiyaning kuchayishi. Masofaviy oʼqitishning taʼlim tizimida bir-biridan farqlanuvchi model va shakllari mavjud boʼlib, ular quyidagi qoʼllanish shartlari bilan farqlanadi: https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 78 | P a g e - geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan uzoqlikda joylashuvi, iqlimi); - mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi; - taʼlim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining qoʼllanish darajasi; - taʼlimda qoʼllaniladigan anʼanalari; - masofaviy oʼqitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi va ularning salohiyati va boshqalar. Umuman olganda masofaviy taʼlim oluvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masofaviy ta’lim sharoitida talabalar bilim olishi oldida quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi: - Respublikamiz hududidagi va chet eldagi barcha talabalar, taʼlim olishni xohlovchilarga birdek bilim olish imkoniyatini yaratib berish. - Yetuk mutaxassis olimlar, tajribali metodistlar, axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda taʼlim berishning sifat darajasini oshirish. - Аsosiy taʼlim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qoʼshimcha taʼlim olish imkoniyatini yaratib berish. - Taʼlim oluvchi talabalarni bilim olishga boʼlgan ehtiyojini qondirish va taʼlim muhitini kengaytirish. - Uzluksiz taʼlim imkoniyatlarini yaratish. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. Adizova, Nodira. "Nominal description of the bukhara." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 2.11 (2021): 330-335. 2. Adizova, Nodira. "BOSHLANG ‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O ‘QUVCHILAR NUTQINI O ‘STIRISH OMILLARI: XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AX OROTNOMАSI." Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti jurnali 2.2 (2022). 3. ADIZOVA, Nodira. "TOPONIMLAR TARKIBIDA TOPOASOS, TOPOFORMANT HAMDA INDIKATOR TUSHUNCHALARI (BUXORO TUMANI MISOLIDA)." EDAGOGIK AHORAT: 47. 4. Baxtiyorovna, Adizova Nodira, and Jamolova Lubat Ilhomovna. "FAOL TA’LIM ASOSIDA DARSLARN TASHKIL QILISH‒TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA." PEDAGOGS jurnali 1.1 (2022): 52-53. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 79 | P a g e 5. Adizova N. B. The Role Of Ethnotoponyms In The Bukhara District Microtopony //Scientific reports of Bukhara State University. – 2020. – Т. 4. – №. 2. – С. 131-134. 6. Adizova N. B. THE ROLE OF ETHNOTOPONYM IN THE TOPONYM OF BUKHARA DISTRICT //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 1. – С. 414-416. 7. Адизова Н. Mikrotoponimlar tasnifi (Buxoro viloyati misolida) //Общество и инновации. – 2022. – Т. 3. – №. 3/S. – С. 128-132. 8. Qosimov F. M., Qosimova M. M. MATEMATIKADAN IJODIY O ‘QUV TOPSHIRIQLARINING METODIK XUSUSIYATLARI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 206-211. 9. Qosimov M. F., Kasimov F. F. Methods of teaching to solve non-standard problems //Middle European Scientific Bulletin. – 2021. – Т. 11. 10. Касимов Ф. М., Касимова М. М., Хакимова М. Х. Специфические принципы построения системы учебных задач //Психология и педагогика: методика и проблемы практического применения. – 2016. – №. 50-2. – С. 58- 62. 11. Касимов Ф. М., Касимова М. М., Умарова Г. У. Учебные задачи как средство активизации учебной деятельности учащихся на уроках математики //Обучение и воспитание: методики и практика. – 2015. – №. 19. – С. 54-60. 12. Rayxonov S., Qosimov F., Qosimova M. Boshlang’ich sinflarda tipik arifmetik masalalar yechishga o’rgatish. – 2017. 13. Muhammedovich Q. F., Muhammedovna Q. M. BOSHLANG’ICH SINFDA ORTA ARIFMETIK SONNI TOPISHGA DOIR MASALALAR YECHISHGA O’RGATISH METODIKASI //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 4. – С. 358- 362. 14. Mukhammedovich K. F. Development Students' Thrift Skills in Solving of Tasks. – 2021. 15. QOSIMOV F. BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARINI SODDA MASALALAR BILAN TANISHTIRISH METODIKASI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 80 | P a g e 16. Fayzullayevich F. K. Modern Methods and Approches of Assessing Knowledge and Skills in Information Technology Classes //JournalNX. – Т. 6. – №. 06. – С. 107-111. 17. Muxammedovich Q. F., Muxammedovna Q. M. Technology of work on comparison tasks //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. – 2019. – Т. 2019. 18. QOSIMOVA M. TO DEVELOP STUDENTS’SKILLS OF NATURE CONSERVATION AND RESPECT FOR HUMAN LABOR BY TEACHING THEM TO SOLVE ENVIRONMENTAL PROBLEMS //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 2. – №. 2. 19. Saidova M. J. DIRECTIONS AND CONTENT OF THE ORGANIZATION OF DISTANCE LEARNING //Conference Zone. – 2022. – С. 7-15. 20. Jonpoʻlatovna S. M. et al. 2-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING O ‘QUVCHILARDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 63-65. 21. Saidova M. J. MASOFAVIY TA’LIM VOSITASIDA BO ‘LAJAK BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARINING METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MAZMUNI //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 43-46. https://eglobalcongress.com/index.php/egc