E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 100 | P a g e “DINIY AQIDAPARASTLIK, EKSTREMIZM VA TERRORIZMNI TARG‘IB QILUVCHI MATERIALLARINING KONTRABANDASI VA ULARGA QARSHI KURASHISH DOLZARBLIGI” Ilin Vyachislav Mixaylovich DBQ Bojxona instituti “Maxsus huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, bojxona xizmati podpolkovnigi – Sobirjonov Ilxomjon Gʻulomjon oʻgʻli DBQ Bojxona instituti 4-kurs kursanti Annotatsiya: Ushbu maqola huquqni muhofaza qilish organlaring, jumladan, bojxona organlari faoliyatida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmni targ’ib qiluvchi materiallarining kontrabandasi hamda unga qarshi kurashishning muhimligi masalalariga atroflicha yondashilgan. Globallashuv jarayonida O’zbekiston Respublikasiga ushbu materillarning kirib kelishing yangi usullari va uslublari haqida yoritilib, takliflar ishlab chiqishga qaratilgan xulosalar berilgan. Kalit so’zlar: bojxona organlari, kontrabanda jinoyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, diniy aqidaparastlik, ekstremizm, terrorizm. O'zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o'lka bo'lib kelgan. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo'lgani , Vatan taraqqiyoti yo'lida yelkadosh bo'lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko'p qayd etilgan . Hozirgi kunda O'zbekiston aholisining soni 35 mln.dan oshgan bo'lib , ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e'tiqod qiladi. 3,5% ga yaqin fuqarolar pravoslav diniga mansub bo'lib, qolganlarini boshqa konfessiya vakillarini tashkil etadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Qadimdan ma’lumki islom dini O’zbekiston hududlariga 643-644 yillardan boshlab yoyilgan bo’lsa ham bu hududda ne-ne islom dini bilan bog’liq https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 101 | P a g e bir nechta asarlar yaratilgandir. Bu davrga kelib, avval islom olamida tan olingan olti sahih hadislar to’plami (assihoh as-sita), so’ngra ularning qatorida uch to’plam qo’shilib to’qqiz kitob (alkutub at-tis’a) shakllandi.Ulardan uchtasi Movarounnahrlik ulammolar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiylar tomonidan jamlandi.Islom dini o’sha vaqtdan buyon bizning hududimizdagi milliy dinimiz sifatida tan olinib kelinmoqda. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarga erkinlik berilishi Islomning jamiyatdagi o’z o’rnini egallashiga imkon yaratdi. Lekin shu bilan birga yashirin holatda rivoj topgan va din niqobidagi turli mafkuralarning ta’sirida shakllangan qarashlar yuzaga chiqishi ham qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ma'lumki, bugun musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to'qnashuvlarni boshidan kechirmoqda. Mazkur hududlarda go'yoki haqiqiy “islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zo'ravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo'l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillaridan diniy sohaga o‘zbek xalqining milliy ma’naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e’tibor qaratildi. 1992­yil 2­iyul kuni Oliy Kengashning X sessiyasida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagi muhim fikrlarni bayon etgan: «Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. Biz dinga bundan keyin ham barcha shart­sharoitlarni yaratib beramiz. Diniy rasm­rusumlarga, bayramlarga, diniy tarbiya va ta’limga yurtimizda doimo jiddiy e’tibor beriladi». Islom ta’limoti , xususan, Qur’oni Karim oyatlarida tinchlikni saqlash va uning uchun kurashishga intilishga chaqiriladi : « Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!... » (Baqara, 208). Tafsir kitoblarida keltirilishicha, oyatdagi «yoppasiga» so‘zi barcha insonlarning birlashgan holda tinchlik yo‘lini tutishlari lozimligi va uning barqarorligini saqlashda qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham o‘z hissalarini qo‘shish zarurligini bildiradi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 102 | P a g e Yurtimizda ekstremizm va terrorizmga qarshi amalga oshirilayot ishlar xalqaro e’tirofga sazovor bo’lmoqda . Jumladan , Yoshlar huquqlari bo‘yicha BMTning Xalqaro Konvensiyasini ishlab chiqish hamda Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning BMTning Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ma’ruzasi ekstremizm va terrorizmning yuzaga kelish sabablarini, shuningdek, ularning oldini olish yo‘llarini tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Amalga oshirilgan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirildi , shu jumladan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralar kuchaytirildi . “ Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barchamiz uchun eng asosiy masala bo‘lib turibdi “ - degan edi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. Shunday ekan bugun barchamiz nafaqat o’zimizga balki atrofdagilarimizgada e’tiborli bo’lsak, talabchan bo’lsak xech qanday xatar bizga rahna sola olmaydi. Davlat va jamoat institutlarining diniy asoslar sababli buzg‘unchi mafkuralar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy va diniy reabilitatsiya qilishga qaratilgan ishlari faol davom etmoqda. So‘nggi 4 yil davomida ekstremizm va terrorizmga aloqadorligi sababli ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan 2 ming nafardan ortiq shaxslar afv etildi va 1,5 ming nafardan ziyod shaxslar jazoni o‘tash joylaridan ozod qilindi. 2017-2018-yillar davomida radikal diniy oqimlarning tarafdorlari deb hisoblangan yoki ularning ta’siri ostiga tushib qolgan 20 ming nafardan ortiq shaxslar huquqni muhofaza qilish idoralari hisobidan chiqarilgan. 2019 — 2021-yillarda “Mehr” dasturi doirasida Afg‘oniston, Suriya va Iroqdan xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga adashib qo‘shilib qolgan 400 nafar xotin-qizlar va bolalar O‘zbekistonga qaytarilib, ularning ijtimoiy moslashuvi va reintegratsiyasi uchun har tomonlama yordam ko‘rsatildi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc http://lex.uz/docs/-3107036#-3109146 E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 103 | P a g e Bunda bir qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi va BMTning Bolalar Jamg‘armasi (YUNISEF) muhim yordam berdi. BMT Xavfsizlik Kengashining 2396-sonli rezolyutsiyasiga binoan chet el terrorchi jangarilari bilan bog‘liq va terrorizmning qurboni bo‘lishi mumkin bo‘lgan xotin-qizlar va bolalarga yordam berishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston bundan keyin ham diniy sabablarga ko‘ra buzg‘unchi mafkuralar ta’siridan jabr ko‘rgan shaxslarga har tomonlama ijtimoiy-huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni davom ettirishni maqsad qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar ish olib bormoqda. Ular esa o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmagan. Har birining o’z missiyasi bor. Bu tashkilotlarning har biriga zimmasiga yuklatilgan reja-topshiriqlari mavjud. Ular qurbon tanlashmaydi, ularga ko’satiladi. Maqsadlariga erishish uchun ular turli mafkuraviy yo’nalishlardan foydalanishadi . Bu yo’nalishlardan eng xavfli va ommaboplari “ eksterimiz ” , “ aqidaparastlik ” va “terrorizm” kabilardir. 2018 – yildagi ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida qonunning 3- moddasida eksterimizmni quyadagicha ta’riflanadi : ekstremizm — ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini o‘zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasi. Ekstremizm (lotin: «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun­qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. Ba'zi mamlakatlarda bunday xatti-harakatlar adovat va nafrat bilan bog'liq jinoyatlar deb ataladi, ammo bu holda adovat va nafrat nafaqat shaxs sifatida, balki ma'lum bir milliy, diniy, ijtimoiy guruhning vakili sifatida sodir bo'ladi. Ekstremist shunchaki qotil yoki bezori emas, u o‘zining haqligiga ishonch hosil qilgan “mafkuraviy” jinoyatchidir. Bir qarashda , ekstremizm muammosi eng muhim muammo emasdek tuyulishi mumkin, chunki boshqa turdagi jinoyatlarga nisbatan qayd etilgan ekstremistik jinoyatlar soni juda kam. Ammo bu jinoyatlar tizimli xarakterga ega, chunki ular jamiyatining turli milliy, diniy va ijtimoiy guruhlari o'rtasidagi https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 104 | P a g e tinchlik va totuvlikka, siyosiy va huquqiy barqarorlikka tajovuz qiladi. Bu ekstremizmning jamiyatimiz uchun eng asosiy xavfidir. Ekstremizm ham ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya, axloq, mafkura sohasiga, ham ijtimoiy guruhlar (ijtimoiy ekstremizm) , etnik guruhlar (etnik yoki milliy ekstremizm) , jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, davlatlar (siyosiy ekstremizm), konfessiyalar (diniy ekstremizm).o‘rtasidagi munosabatlarga taalluqlidir. Aqidaparastlik (arab. «aqida» – «ishonch», «biror narsani ik­ kinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, biron­bir g‘oyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda ko‘r­ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi . U muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi. Odatda ushbu jarayon mutaassiblik bilan yonma yon holda keladi. ”Terrorzimga qarshi kurash tog’risida”gi Qonunda unga, jumladan, quyidagicha ta’rif berilgan: terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar. Xulosa qiliib aytganda ushbu go’yalar yo’g’rilgan materiallarni respublikamiz hududiga kontrabanda yo’llari orqali olib kirishga urinishlar mavjud bo’lib kelmoqda. Buni oldini olish, qarsh kuraashishda va bartaraf etishda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida Bojxona organlarining o’rni beqiyosdir. chunki aynan bojxona organlari mamlakat sarhadlarda kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan barcha turdagi tovarlarning nazoratini amalga oshiruvchi organ hisoblanadi. XXI https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 105 | P a g e asr – axborot asri bugun shunday zamonda yashayapmizki axborotni uzatish endi muammo bo’lmay qoldi. Globallashuv axborotning soniyalar ichida bir qit’adan ikkinchisiga yetib borishiga ham zamin yaratdi. Bu esa terrorizm mafkurasidagi tashkilotlar uchun ayni muddaoga aylandi. Ekstremizm, terrorizm g’oyalariga yo’g’rilgan ma’lumotlarni turli xilddagi axborot tashuvchilarda ayniqsa smartfonlarda olib yurish va istalgan payt internet jahon axborot tarmog’I orqali uzatish mumkin. Bu esa unga qarshi kurashish ni yanada chigallashtiradi. Bunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jumladan, bojxona organlaring oldida kontrabandaga samarali qarshi kurashish uchun IT texnologiyalarini rivojlantirishning muqobil yo’llarini ishlab chiqish, va takliflar berish hamda ularni amaliyotga tadbiq qilish vazifasi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek bu yo’nalishlarni tartibga soluvchi qonunchiik asoslarini mustahkamlash zarur deb hisoblaymiz. Yakuniy so’z o’rnida kontrabanda jinoyati o’ta o’gir jinoyatalar sirasiga kiritiladi bu tomondan unga qarshi kurashish masalasini ham qiyinlashtiradi, lekin uning oldini olish har doim birinchi galdagi oson vazifa bo’lib qolaveradi. Demak mavjud kuch va vositalarni avvalo uni oldini olishga qaratish lozim deb hisoblaymiz. Zero moliyaviy hamda jismoniy resurslarni oqilona yondashuv bilan ishlatamasdan buning naitajaviy samaradorligi ham pasayib boraveradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. PF-6255-sonli “2021 – 2026-yillarga moʻljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni 2. O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonuni 3. O’zbekiston Respublikasining “Ekstremizmga qarshi kurash to’grisida”gi Qununi 4. Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning maʼnaviy- maʼrifiy asoslari: oʻquv qoʻllanma/ J. Karimov- Toshkent: “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasi 2021. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 106 | P a g e 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60- son 2022 — 2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA https://eglobalcongress.com/index.php/egc