E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 117 | P a g e COVID-19 INFEKSIYASI BILAN KASALLANGAN BOLALARNING EPIDEMIOLOGIK TAXLILI Xamzaeva N. T. Matnazarova G. S. Olimjonova G. O. Xusainova X. J. Mamadalieva E.Sh. Dolzarbligi COVID-19 pandemiyasi davom etar ekan, ko'plab mamlakatlar va mintaqalar bu infeksiyaning tarqalishini oldini olishga harakat qilmoqda. Shunday qilib, virus tarqalishini cheklashga qaratilgan jismoniy ("ijtimoiy") masofaga asoslangan cheklovchi choralar, uyda qolish qoidalariga ko'ra, mamlakat bo'ylab сheklovlar, COVID-19 pandemiyasi uni to'xtatishda samarali ekanligi isbotlangan. Biroq, bolalar uchun uzoq muddatli uyda qolish, ularning sog'lig'iga xavf tug'dirishi va ba'zi potentsial yon ta'sirlarga olib kelishi mumkin. Jismoniy harakatsizlik, tana kilogramm ortishi, xulq-atvorga qaramlikning buzilishi, quyosh nuriga etarli darajada to’yinmaslik, ruhiy kasalliklar ijtimoiy izolyatsiya oqibatida kelib chiqishi mumkun. [1]. Kalit so’zlar. Covid-19, bolalar, infeksya, profilaktika, epidemiologiya, ovqatlanish. Bolalarda COVID-19 kechishi bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega, xususan, kasallik ko‘pincha belgilarsiz yoki yaqqol bo‘lmagan klinik belgilar bilan kechadi. Bolalarda kasallikni tugallanish oqibatlari odatda, yaxshi sifatli bo‘ladi.[3] COVID-19 ga qarshi etiotrop davo va oldini olish choralarining yo‘qligi xavotir chaqiradi. Ushbu kasallikning og’ir shakllari bilan og’rigan bemorlarni parvarishlashda shifokorlarda faqat simptomatik davo va uskunali vositalar mavjud. SHu bilan birga yangi sinama tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlari jadallashtirilgan, virusga qarshi yangi farmakologik vositalar va vaksinalar o’rganilmoqda [4]. Ushbu pandemiya davrida yaxshi oziqlanmaydigan bolalar xavf ostida, kam ovqatlanish ularni ko'proq infektsiyaga moyil. Ular ko'proq himoyasiz [5]. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 118 | P a g e Tadqiqot ishining maqsadi. Covid-19 infeksiyasi bilan kasallangan bolalarning epidemiologik taxlili. Materiallar va usullar. 2022-yilda Olmazor tumani 16-oilaviy poliklinikada ro’yxatdan o’tgan 60 nafar covid-19 infeksiyasi bilan kasallangan bolalarning kasallik tarixi material sifatida olindi. Ushbu ilmiy ishning bajarilishida epidemiologik va statistik usullardan foydalanildi. Tadqiqot natijalari. 2019–2022 yillar davomida insoniyat orasida tarqalgan yangi virusli SARS-CoV-2 (COVID-19) infeksiyasi pandemiyasi munosabati bilan Covid-19 virusini diagnostikasi, davolash va profilaktikasiga doir ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bolalar o‘rtasida Covid-19 infeksiyasiga chalinish 2021-yil davomida sezilarli darajada ortganligi kuzatildi [2]. Bolalarda COVID-19 ni oldini olishning samarali vositalarini ishlab chiqish tibbiyot hamjamiyatining yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashdagi asosiy umidi bo’lib qolmoqda. COVID-19 global pandemiya tahdidiga aylanganidan oldin ham dunyoning salomatligi va farovonligi, taxminan 47 mln 5 yoshgacha bo'lgan bolalar ochlikdan azob chekishdi, bu esa ularda yuqimli kasalliklarga chalinish va o'lim xavfi yuqori ekanligini ko’rsatadi. Kasalliklardan tuzalgan bolalar uchun, zaiflik bolalar tanasining o'sishiga, miya rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi, va maktab faoliyati yomonlanishiga olib keladi. Olmazor tumani 16-oilaviy poliklinika 2022-yil Covid-19 infeksyasi blan kasallangan 0-16 yoshli 60 nafar (36 nafar qiz 60% , 24 nafar o’g’il bola 40%) nafar bolalar epidemiologik taxlil qilindi. Jami Kasallangan bolalarning 42 tasi (70%) uyda 2tasi (3,3%) MTM da 16 tasi (26,6%) maktab bolasi hisoblanadi. Kasallangan bolalarning 33 nafari (55%) uyda davolangan. Qolgan 27 nafar bola (45%) bola kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxonaga yotqizib davolangan 27 nafar bolaning 20 nafari (70%) 5-yoshgacha bo’lgan bolalar ekanligi aniqlandi. Shundan 4 nafar bola (14,8%) 1-yoshga yetmagan, 11 nafari (40%) 1-2 yoshli, 5 nafari 3-5 yoshli (18,5%) bolalar ulushiga to’g’ri kelmoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkunki kasallanishning 60 foizi qizlarga to’g’ri kelmoqda. Kasallangan bolalarning 70 foizi uyushmagan bolalar ulushiga to’g’ri kelmoqda. Covid-19 infeksyasi bilan kasallangan bolalarning 55 foizi uyda vrach nazoratida https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 19th February, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 119 | P a g e davolangan. Kasalxonaga yotqizilgan 27 nafar bolaning 20 nafari 5 yoshgacha bo’lgan bolalar ekanligi aniqlandi va shuni xulosa qilib aytishmiz mumkunki 5 yoshgacha bo’lgan bolalarda kasallik bir muncha og’ir kechgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. BİÇER B. K., İLHAN M. N. COVID-19’UN ÇOCUKLARIN SAĞLIĞI ÜZERİNE ETKİSİ //Gazi Sağlık Bilimleri Dergisi. – С. 103-111. 2. Çaykuş E. T., ÇAYKUŞ T. M. Covid-19 pandemi sürecinde çocuklarin psikolojik dayanikliliğini güçlendirme yollari: ailelere, öğretmenlere ve ruh sağliği uzmanlarina öneriler //Avrasya Sosyal ve Ekonomi Araştırmaları Dergisi. – 2020. – Т. 7. – №. 5. – С. 95-113. 3. Гайбиева Ш. А., Кароматова Ф. А. Иммунный Статус У Детей, Рожденных От Матерей, Инфицированных Ковид-19 //Central Asian Journal of Medical and Natural Science. – 2022. – Т. 3. – №. 3. – С. 495-504. 4. Хамзаева Н. Т. и др. The Effectiveness Of A New Food Substance-A Hard Gelatin Capsule-" Sedan Bark" Is Being Studied In Children Who Have Recovered From The Coronavirus //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. – 2023. – Т. 12. – С. 201-207. 5. Матназарова Г. С. и др. Вакцинопрофилактика Covid-19 в Узбекистоне. – 2022. 6. Matnazarova G. et al. The new coronavirus-cОvid-19 in Uzbekistan //Int. J. Pharm. Res. – 2020. – С. 548-556. 7. Асадов, Х. Д., Рустамова, Х. Е., Нурмаматова, К. Ч., & Муяссарова, М. М. (2021). Some aspects of the prevalence of the coronovirus Covid-19. 8. Muyassarova, M. M. Some Aspects of the Prevalence of the Coronovirus Covid-19. JournalNX, 651-657. 9. Махсумов, М. Д., Юлдашева, Ф. У., Муяссарова, М. М., Абдурашитова, Ш. А., Мирхамидова, С. М., & Салимова, М. Р. (2020). Impact of COVID- 19 on education system in the world and in Uzbekistan. In Образование: прошлое, настоящее и будущее (pp. 94-95). 10. Муяссарова, М. М. (2018). Изучение уровня медицинской активности сельского населения. Молодой ученый, (5), 64-66. https://eglobalcongress.com/index.php/egc