E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th March, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 40 | P a g e MODERNISM IN CENTRAL ASIA: SOCIO-PHILOSOPHICAL ANALYSIS Kosnazarova Palzada Quwanishbaevna Nukus State Pedagogical Institute 09.00.04 social philosophy 1st stage basic doctoral student Abstract: This article is about the Jadidism movement in Central Asia and its socio- philosophical analysis, the emergence of Jadidism and the views of enlightened intellectuals are considered in it. Key words: modernism, social, philosophy, science, enlightenment, development. MARKAZIY OSIYODA JADIDCHILIK: IJTIMOIY- FALSAFIY TAHLILI Qosnazarova Palzada Quwanishbaevna Nukus davlat pedagogika instituti 09.00.04 ijtimoiy falsafa 1- bosqich tayanch doktoranti Annotatsiya: ushbu maqolada markaziy Osiyoda jadidchilik harakati va uning ijtimoiy- falsafiy tahliliga oid bo’lib, unda jadidchilikning yuzaga kelishi, ma’rifatparvar ziyolilarning qarashlari ko’rib chiqilgan. Kalit so’zlar: jadidchilik, ijtimoiy, falsafa, ilm, ma’rifat, taraqqiyot. Jadidlik Turkistonda XIX asrning oxirida yuzaga kelgan, XX asrning boshida shakllanib, qisqa muddatda o’zining cho’qqisiga ko’tarilgan. Jadidlik 1917- yilgi bolsheviklar to'ntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura o’rnatilgunga qadar o’z mavqe va yo’nalishini saqlab qola olgan ijtimoiy harakatdir. Jadidlarning bosh maqsadlaridan biri millat yoshlarini zamonaviy ilmdan bahramand etish bo’lgan. Jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol edi. Jadidlar shu qurol yordami bilan o’lkada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo’lgan. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th March, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 41 | P a g e Jadidchilikning o‘ziga xosligini birinchi navbatda, nafaqat Sharq, balki G‘arb madaniyatini ham egallash asosida shakllangan yuksak aqliy-ma’naviy zakovatida yuzaga chiqardi. Ularning barchasi oliy diniy ma’lumot olib, Navoiy Jomiy, Fuzuliyning yuksak insonparvarlik g’oyalari bilan boyigan asarlari, o’rta asr Sharq mutafakkirlarining falsafiy qarashlarining ta’siri ostida tarbiyalanib, o’z intellektini xorij – ham Sharq, ham G‘arb madaniyati yutuqlari bilan oshirdilar. Bu jadidlar falsafiy dunyoqarashining o’ziga xos ahamiyatini belgilab berdi. Jadidlar harakati XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi siyosiy kuchlar murakkab bir tarzda chigallashib ketgan Turkiston jamiyatining eng ilg’or yo’nalishi qarashlarini o‘zida aks ettirdi. U dunyo ahamiyatiga molik insonparvarlik va milliy qadriyatlarga asoslanib, jamiyat taraqqiyotining yetilgan ehtiyojlari va o‘lkaning tub aholisi manfaatlariga javob berdi. M.Behbudiy, A.Fitrat, U.Asadullaxo‘jaev, Munavvar Qori, A.Avloniy, S.Ayniy, F.Xo‘jaev, T.Norbo’taev va boshqa mashhur nomlar ushbu harakat bilan bog‘liq. Jadidchilik ma’rifatparvarlikdan siyosiy harakatgacha bo’lgan murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Keng xalq ommasining iqtisodiy og’ir ahvoli, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan orqada qolishi, tafakkur turg’unligi jadidlarni Turkistonni bu tushkun holatdan olib chiqishning amaliy vositalarini izlab topishga undadi. Jadidlarga avvaliga yog‘ilgan va yetilgan masalalarni ma’rifatparvarlik yo’li bilan hal qilish mumkinday bo‘lib tuyuldi. Shuning uchun harakatning birinchi bosqichida musulmon maktablaridagi o’qitish ishlarini isloh qilish jadidlarning diqqat markazida turdi. Ular bunday islohotlarni o’tkazish zarurligini nazariy jihatdan asoslabgina qolmay, ayni paytda, yangi usuldagi maktablar, kutubxonalar, o’quv zallari barpo etish, darsliklar nashr qilish bilan o’z g’oyalarini amalga oshirish uchun katta sa’y-harakat ko’rsatdilar. Jadidlar islom falsafasi nuqtai nazari asosida ish tutganlar. Mavzuning hozirgi tadqiqotchilari yozganidek: “Islom va fan, islom va ilg‘or taraqqiyot - XIX asr ikkinchi yarmida musulmon mamlakatlaridagi intellektual va ijtimoiy-siyosiy islohotlar o‘tkazish yo‘lidagi izlanishlarning falsafiy asosi hisoblanadi” [1]. Shuning uchun ham jadidlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri islomni modernizatsiyalash, uni bidatlardan tozalash, fan yutuqlari va ilg’or texnologiyalarni egallashdan iborat edi. Birinchi navbatda, ular islomning mohiyatini o’z manfaatlariga moslab olgan din namoyandalarini qattiq tanqid https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th March, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 42 | P a g e ostiga oldilar hamda dinni qurol qilib olgan siyosiy o’yinlar qanday og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko’rsatib berdilar. Jadidchilikning boshlanishi yoshlarni ilm olishga zamonaviy bilimlar orqali ma’rifatni, ilm orqali dunyoni zabt etishga qaratilgan bo’lib, avvalo, ular xususiy jadid maktablarini ochib yoshlarga ta’lim bera boshlagan bo’lsa, keyinchalik jadid maktablari shakllanishi keng quloch yozib bordi. Mintaqaning turli hududlarida o’ziga xos tarzda bunday maktablar ochila boshladi. Ma’rifatparvar, adabiyotshunos, dramaturg, faylasuf, siyosiy arbob madaniyatshunoslik nazariyotchisi va amaliyotchisi Mahmudxo‘ja Behbudiy jadidchilik harakatining yirik rahnamo va nazariyotchilaridan biri edi. “O‘sha davr Turkiston jadidlaridan birortasi siyosiy, ijtimoiy faoliyati hamda bilim doirasining keng va chuqurligi jihatidan unga tenglasha olmas edi”, - deb yozgan edi. F.Xo‘jaev [2]. M.Behbudiy falsafada faqat islomiy an'analarning bilimdoni emas edi. U o‘z asarlarida tez-tez O.Kant merosiga murojaat qiladi, pozitivizm, neokantchilik, neoxegelchilik, maxizm kabi yevropa falsafasining yangi oqimlari bilan jiddiy qiziqadi. Behbudiyning maorif masalasidan tortib mustaqillik mavzuigacha bo‘lgan barcha asarlari - Turkistonning taqdirini belgilaydigan muhim muammolarga bag‘ishlangan. Uning barcha fikrlarini jamiyat va mamlakatni rivojlantirishning izchil nazariy konsepsiyasi sifatida kurish mumkin. Albatta, u quruq nazariya bilan cheklanmay, yangiliklarni hayotga joriy etishning amaliy usullarini ham ishlab chiqqan. Jadidchilikning yirik namoyondalaridan biri Abdurauf Fitrat edi. Forobiy, Beruniy va Ibn Sino an’analarini davom ettirib, A.Fitrat islom dinini dunyoviy fanlar yutuqlari bilan mustahkamlash g‘oyasiga asoslangan holda, ilmlar tasnifini ishlab chiqdi. Olim barcha ilmlarni nazariy va tajribaga asoslangan ilmlarga bo‘ladi. Diniy va dunyoviy fanlarni u alohida tasnif qiladi. Diniy ilmlarga u Muhammad alayhissalom hadislari, hadislar talqini, fiqh va ilohiyotni kiritadi. Dunyoviy fanlarga esa falsafa, fizika, mexanika, algebra, optika, musiqa, astronomiya, geometriya, tibbiyot, geografiya, tarix va tilshunoslikni qo‘shadi. Falsafa fanining predmeti haqida fikr yuritar ekan, Fitrat ong, axloq, ilohiyot va tafakkurni bilishni uning asosiy vazifasi sifatida qayd etadi. Jadidchilik, ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasi ijtimoiy rivojlanishining tub burilishi bosqichida yuzaga keldi. Mahalliy vatanparvarlarning mustamlaka https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th March, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 43 | P a g e Turkistonda inqirozli holatni, o’lkaning umumjahon jarayonlaridan toboro ortda qolayotganini, tub aholining erkparvarlik harakatlariga keskin zarba berilib hamma joylarda bostirilishni, ma’naviyat sohadagi turg’unlikni idrok etishlari jamiyatni atroflicha isloh etish kerak degan g’oyaning yuzaga kelishiga turtki bo’ldi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. AXMЕDOVA M.A. Falsafa. Toshkent 2016. 2. Хўжаев Ф. Уч жилдлик. 1-жилд. Тошкент, 1996йил, 78-б 3. M.Abdurashidxonov. Xotiralarimdan(Jadidchilik tarixidan lavhalar). Sharq- 2001. https://eglobalcongress.com/index.php/egc