E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th April, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 14 | P a g e ASOSIY ONOMASIOLOGIK TUSHUNCHALAR. NOMINATSIYA JARAYONI Sattarova Nargiza Oblanazarovna Andijon davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi nargiza787.mail.com telefon raqam +998996947877 Annotatsiya Maqolada nomshunoslik masalalarining nazariy va amaliy muammo va hal etilishi zarur bo‘lgan masalalari borligi, nomlarning shakllanishi, atalishi, yozilishi, aytilishi va qo‘llanishining o‘ziga xos jihatlari talqini hamda tahlili haqida fikr yuritilgan. Nomlarni o‘rinli ishlatish, ularni ishonarli izohlab, etimologik tahlil qilish masalasi bugungi kunda nomshunoslikning, xususan, o‘zbek nomshunosligining dolzarb muammolaridan ekanligi unda asoslangan. Kalit so’zlar: so’z, shakl, semantika, ma’no, ifoda shakli, areal, nutqiy faoliyat, semasiologiya, tushuncha, Kirish Inson borliqdagi narsa-hodisalarni kuzatadi, ularning doimiy hamda muvaqqat belgilarini aniqlaydi, ular ichidan eng muhimini tanlab, predmet, voqea- hodisalarga nom beradi, shu asosda tilda nominativ birliklar vujudga keladi. Tilda nomlash vazifasini bajaruvchi birliklarni hosil qilish jarayoni nominatsiya (lotincha nominatio - atash, nom qo‘yish) deb yuritiladi. So‘z onomasiologik jihatdan nomema, kinema kabi atamalar bilan ham nomlanadi. Uning bunday atalishi nominativ vazifa bilan bog‘liqdir. Aslida so‘z orqali ifodalangan denotat (referent) muayyan narsa-buyum emas, balki ifodalanayotgan predmetlarning umumlashma obrazi sanaladi. U real borliqdagi narsaga nisbatan olinib, inson ongida yaratiladi. Masalan, bog‘ so‘zi mevali va mevasiz daraxtlar o‘sgan barcha joylarning umumlashma obrazini o‘zida ifodalaydi: Salim bilan Fazliddin “tomosha bog‘da” kezgan singari, sekin-sekin yurib bog‘ning har jihatini ko‘zdan kechira boshladi. Shuningdek, bu so’z shahardan tashqaridagi qo‘rg‘on va unga yopishgan mevazor, tokzor joy ma’nosini ham ifodalab keladi: Jondor vagonchi ikki yil ichida katta bog‘lar sotib oldi, shaharda ichki-tashqi hovli bino qildi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th April, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 15 | P a g e Bu nominativ leksema ko‘chma ma’noda gullab-yashnab turgan obod joy, gulshan ma’nolarini ham ifodalashga vosita bo‘ladi: Go‘zal bog‘da o‘ynaylik, Guldan-gulga qo‘naylik. Gulshan o‘lka madhini Birgalikda kuylaylik. “Bog‘” leksemasi so’zi “biri bog‘dan kelsa, biri tog‘dan keladi”, “uzumini ye, bog‘ini surishtirma” singari bir qator iboralarni shakllantirishga ham xizmat qiladi: Hammangizning gaplaringiz bir joydan chiqishi kerak. Biringiz bog‘dan, biringiz tog‘dan kelsangiz bo‘lmaydi kabilar. Kishilik jamiyatida nomsiz bir narsani ikkinchi bir narsadan farqlab bo‘lmaydi. Odatda, hamma narsaning o‘z nomi bilan aytish shart. Xuddi shu ma’noda nom(lar) odamlar uchun kompas vazifasini o‘taydi. Chunki mutaxassis(geograf, geolog, arxeolog)lar maxsus qurilma bo‘lgan kompasdan adashib, yanglishib ketishmasliklari uchun qaysi tomon janub, qaysi tomon sharq ekanligini bilib turishlariga ishlatsalar, odamlar esa nomlarni har kuni munosabatda bo‘layotgan kishilarining kimligini, qayerda, nimada turgani kabi narsa-vositalarni aniq bilishlari uchun qo‘llashadi. Nom bilan, ya’ni kishilarni chaqirish va ularga murojaat qilish uchun ularning ismi, sharifi, familiyasi, laqabi, taxallusi va nasablarini, qabila-urug‘, xalq nom(etnonim)larni, joy (ya’ni tog‘, tepa, tarixiy nomlar, shahar, mahalla, mavze, guzar, yo‘l, qishloq, aniqrog‘i, oykonimlarni, qabriston, ekinzorlar)larni, gidronim (daryo, ariq, ko‘l, suv ombori, kanal)larni, osmon jism(kosmonim, ya’ni yulduz va planeta)larini, o‘simlik(fitonim)larni, hayvonot dunyosi nomlarini va boshqa narsa-hodisalarni atab, ularni shunga o‘xshash bo‘lgan narsa-hodisalardan ajratib, topib olish uchun esa ularning qanday so‘zlar bilan qay tarzda aytilishi va atalganligini bilish mumkin. Fitrat so‘z tushunchasiga onomosiologik nuqtai nazardan, ya’ni obyektiv olamdan uning umumlashgan obrazining ongda aks etishi orqali bu umumlashgan obrazning muayyan moddiy vosita-tovushlar silsilasi yordamida ifodalanishi nuqtai nazardan yondashadi. Uning fikricha “miyalarimizda tuqqan o‘yni ” bir- birimizga bildirmak uchun eng muhim qurolimiz bu gapdir. O‘zingizni o‘ylasangiz, hayvonlardan birini (otni) o‘ylasangiz u hayvon ustiga ergashmak uchun bo‘lg‘on tebranishingizni o‘ylasangiz uch ma’no o‘ylagan bo‘lursiz. Bu uch ma’noni birlashtirib, bir-biriga bog‘lab, o‘zingizni otga minganingizni o‘ylaganingizda, miyangizda bir “o‘y” tuqqandir. Shu o‘yni bir kishiga bildirmoqchi bo‘lsangiz, “Men ot mindim ”deb qo‘yasizkim, bu aytganingiz bir https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th April, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 16 | P a g e “gap”dir. Ko‘rinadikim, yuqoridagi o‘yda uch ma’nosi bo‘lgani kabi, u o‘yni bildirguchi “ gap ”da uch so‘z bor: “men, ot, mindim”. Fitratning yuqoridagi fikrlaridan, so‘zga ham, gapga ham” ma’nodan shaklga” tamoyili asosida yondashganini payqash qiyin emas. So‘zning mazmun jihati, ya’ni ma’no anglatishi uning ilmiy ifoda jihatiga qaraganda murakkabroqdir. Dunyoni bilishning har qanday shakli muayyan faoliyat turi jarayonida, u yoki bu tarzda til vositasida sodir bo'ladi. Tilda atrofdagi voqelik haqidagi bilimlarni ifodalash natijasi til nominatsiyalaridir. Dunyoning lingvistik rasmi nominativ faoliyat jarayonida quriladi, degan fikrga qo'shilmaslik qiyin. Biroq, G.P. Shchedrovitskiy ta’kidlaydiki, har bir nominativ belgini muallif tafakkur namoyon bo‘lishining ma’lum bir shakli sifatida tushunadigan lisoniy iboralarga to‘liq bog‘lab bo‘lmaydi, chunki uni (belgini) ma’lum bir fikrni ifodalab, kommunikativ xususiyatga ega bo‘lsagina shunday deb atash mumkin. Har bir nomlash ortida mulohazalar majmui asosida shakllanadigan tushuncha bor deb faraz qilsak, har bir nominatsiya ortida turtki beruvchi mulohaza borligini tan olish kerak. Zamonaviy tilshunoslikda nominatsiya keng va tor ma’noda tushuniladi. Tor ma’nosi obyektlarni so’z va iboralar orqali belgilash, keng ma’noda esa inson ongidagi barcha narsalar, shaxslar, harakatlarga munosabatni ifodalaydi. Demak, obyektlarni, hodisalarni, ularning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yakka shaxs yoki jamoa tomonidan milliylik, tafakkur, individuallik va gender o’ziga xoslik asosida atalishi va atalish etimologiyasi nominativlik deyiladi. Masalan, musulmon olamida yuzning kulchaday bo’lishi va kulcha shakl jihatidan to’lin oyga qiyoslanishi ya’ni kulcha yuzli, oy yuzli kabi nomlanishlar go’zallik va istaralilik belgisi hisoblansa, Xitoy xalqi uchun yuzning qovoq urug’iga o’xshatilishi chiroy hisoblanadi. Bu nominatsiyaning milliylik va mentalitet asosida yuzaga kelishidan dalolat beradi. Nomlanishdagi yosh va jinsga ko’ra farqlanishga‚ ona leksemasi misolida olib qarasak, ona yosh bolalar uchun‚ hamma narsaga qodir himoyachi, katta yoshlilar uchun‚ duogo’y inson, qizlar uchun‚ ishonchli sirdosh, yigitlar uchun‚ dunyodagi eng pokiza inson qiyofasida gavdalanadi va shu ta’riflar orqali nomlanadi. Keltirilgan fikr va qarashlar shundan dalolat beradiki, borliqdagi barcha elementlarni 2 xil asosda nomlaymiz: fikriy va hissiy. Bu tarzda nomlanish lingvistik nominatsiyaning mohiyatini to’laqonli ochib berishga xizmat qiladi. Bizni qurshab turgan olam hodisalarining atalishi birlamchi nominatsiya, o’sha hodisalarga inson tomonidan https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th April, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 17 | P a g e berilgan qo’shimcha nom ikkilamchi nominatsiya hisoblanadi. Nominatsiya ya’ni atash natijasida biz ifoda etmoqchi bo’lgan predmet yoki voqea-hodisani o’ziga xos tashqi ko’rinishi va bajaradigan vazifasi haqida tinglovchida tasavvur paydo bo’ladi. Bunda ilk tasavvur ham aynan nomlash natijasida paydo bo’ladi. So‘z orqali nomlanuvchi voqelik, narsa-buyum denotat deb ataladi. Denotat lotincha denotate - belgilamoq so‘zidan olingan. Tilshunoslikda referent (lotincha referens, referentis - xabar beruvchi) atamasi ham denotatga sinonim, ma’nodosh sifatida qo‘llaniladi. Akademik A.Hojiev lug‘atida referent atamasi quyidagicha izohlangan: “til birligi ifodalaydigan tushuncha, fikr predmeti” . Bundan ko‘rinadiki, so‘z, nomlanuvchi birlik o‘zi ifodalayotgan voqelik, narsa-buyum bilan o‘zaro aloqaga kirishadi, uzviy munosabatda bo‘ladi. Tilning substantlik xususiyati ham aynan mana shunga asoslanadi. 1. Metonimik nominatsiya – nutq shaklini tanlash va anglash asosida yuzaga keluvchi nomlanish. 2. Metaforik nominatsiya – oʻzlashtirilayotgan obyekt va qayta anglashilgan signifikatga xos oʻxshash belgilarni ajratish natijasida yuzaga keluvchi nomlanish. 3. Ekstensiv nominatsiya – soʻzni keng ma’noda qoʻllash natijasida yuzaga keluvchi nomlanish. 4. Restriktiv nominatsiya – buyumlar guruhi emas, balki muayyan buyumni atash natijasida yuzaga keluvchi nomlanish. 5. Assotsiativ nominatsiya – faqat obyektga xos bosh belgi emas, balki u haqidagi umumiy tushuncha va tasavvurlar asosida yuzaga keluvchi nomlanish. 6. Elementli nominatsiya – tabiiy yoki ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ma’nolarni ajratib koʻrsatish imkoniyati bilan bogʻliq holda yuzaga keluvchi nomlanish. 7. Situatsion (vaziyatli) nominatsiya – turli xil elementlar majmuidan iborat mikrosituatsiya asosida yuzaga keluvchi nomlanish. 8. Kvalifikativ nominatsiya – obyektning tashqi belgilari asosida yuzaga keluvchi nomlanish. 9. Relyativ nominatsiya – obyektga xos belgining muayyan turi asosida yuzaga keluvchi nomlanish. 10. Substitutiv nominatsiya – turli darajada informatsiyalashgan nomlanish. Obyektlar va voqelikni nomlash tamoyillari zamonaviy tilshunoslikning eng muhim masalalaridan biri bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Ularni aniqlash https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th April, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 18 | P a g e va o‘rganish leksikologiyaning ko‘pgina bo‘limlari uchun juda muhim, chunki u etnolingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, kognitiv lingvistika muammolariga e’tibor qaratadi, so‘zlarning genetik kelib chiqishini, tilning voqelik bilan aloqasini, aks ettirishni o‘rganishga hissa qo‘shadi. Shu o‘rinda nomshunoslik terminining o‘zagi bo‘lgan nom so‘ziga berilgan izohga murojaat qilinsa, ba’zi bir nozik noaniqliklar oydinlashgan ham bo‘ladi: “Nom” (fors-tojikcha) 1.Shaxs yoki narsa-predmetlarga qo‘yilgan ot, ism. Shahar nomlari.Nom qo‘ymoq.Nom bermoq. Keksayib qolgan eshonning xotirasi ancha pasayganidan ko‘p vaqt o‘z o‘g‘illarining nomlarini ham xotinidan so‘rab olar edi. P.Tursun. O‘qituvchi. Biror sohaga, guruhga oidlikni bildiruvchi atama. Ulug‘ nom. 2.Faoliyatning biror sohasida erishgan yutuq, malaka darajasini ko‘rsatish uchun rasmiy yo‘l bilan beriladigan unvon. Faxriy nom. Xizmat ko‘rsatgan artist degan nom. Klassik kurash bo‘yicha mamlakat chepioni degan nom. 3.Ko‘pchilik orasida ma’lum-mashhurlik; dong, dovrug‘, shuhrat. Nomi chiqqan kurashchi. Bundan ham ko‘rinib turibdiki, nom (u kimlarni, nimalarni, qaerlarni xalq tomonidan qanday va qay tarzda atalishining zamonga mos ravishdagi ifodasi), bu milliylik, madaniyatlilik, tarixiylilik, ma’naviyatlilik, ma’naviy barkamollik, ya’ni komillilik belgisi sanaladi. Ularda biz bilmagan, ammo bilishimiz lozim bo‘lgan va kishining e’tiborini tortadigan nozik hamda purma’noli yashirin hikmatlar muhrlangan. Yuqoridagilardan ayon bo‘lib turibdiki, nom so‘zi ham biz istagan ma’noda qo‘llangan, ya’ni shaxs yoki narsalarga atab qo‘yilgan ot, ismdir. Bugungi kunda nomlar haqida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boruvchilar (aspirant, doktorant, xoh tadqiqotchi bo‘lsin, farqi yo‘q) nomshunoslar deb, ikkinchi nom bilan onomastlar deb ham ataladi. Hozirgi vaqtda birinchi termin ko‘proq, ikkinchi termin esa nisbatan kamroq qo‘llanmoqda. Adabiyotlar ro’yxati: https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th April, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 19 | P a g e 1.Комлев Н. Г., Ономасиология как учение о языковом обозначении неязыковой действителности, в кн.: Вопросы лингвистики и методики преподавания иностранных языков, М., 1968; 2.Щур Г. С.О семасиологическом и ономасиологическом подходе в лингвистике, в кн.: Вопросы лингвистики, в. 4, Томск, 1975; 3.Кубрякова Е. С., Части речи в ономасиологическом освещении, М., 1978; 4.Способы номинации в современном русском языке, М., 1982; 5. Колшанский Г.В. Семантика слова в логическом аспекте.- В кн.: Язык и мышление. М.: Наука, 1967. 6. Эназаров Нoмшунослик масалалари (услубий қўлланма)Т - 2010 7. Константинова Т.А. Опыт ономасиологического анализа единиц лексической номинации в лексико-семантических группах: Автореф. дис. . канд. филол. наук. М., 1979. 8. Коралова А.Л. К вопросу о лингвистической образности. -Сб. науч. тр. / МГПИИЯ им. М.Тореза, вып.70.-М.,1972, с.72 89. 9. Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. - Тошкент, Мумтоз сўз, 2010. 10.Oblanazarovna, S. N. (2022). Psycholinguistics One of The Modern Branches of Linguistics. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 4, 277- 280. 11.Oblanazarovna, S. N. (2022). LINGUISTIC VIEWS OF WOMEN'S COMMUNICATION. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(01), 83-88. https://eglobalcongress.com/index.php/egc