E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th April, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 76 | P a g e KORXONALAR INVENTARIZATSIYADA TOVAR-MODDIY ZAHIRALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH Toshpo'latova Munisabonu Moliya institutning buxgalteriya hisobi magistranti Annotatsiya Tovar moddiy zahiralari korxonaning aylanma mablag'larida faoliyat sohasiga qarab, 30 foizdan 90 foizgacha bo 'ladi. Korxonaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli ko'p jihatdan ana shu tovar moddiy zaxiralaridan foydalanish samaradorligiga bog 'liq. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to 'xtovsiz davom etib turishida tovar moddiy zahiralarining o 'rni juda kattadir. Tovar moddiy zahiralari asosiy vositalardan farq qilib, bir ishlab chiqarish jarayonida o 'zining qiymatini to 'la ravishda mahsulot tannarxiga o 'tkazadi. Shunday ekan aylanma mablag'lar harakatchanligi bevosita tovar moddiy zahiralaridan samarali foydalanishga bog'liq. Aylanma mablag'larning korxona uchun umumiy miqdoriyuqori tashkilotlar, ya'ni tegishli vazirliktomonidan belgilanadi Kalit so'zlar: Tovar moddiy zahiralar, Korxona, xom ashyo, materiallar, ombor, buxgalteriya hisobi, xarajatlar, hisobot, audit. O'zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga munosib tarzda kirib borishida kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining faoliyat yuritishi, ayniqsa pandemiyadan keyingi og'ir iqtisodiy davrda kishilarni ish joylari va daromad manbai bilan ta'minlash, joylarda tashabbusni rag'batlantirish, aholi o'rtasida shakllangan tadbirkorlik ko'nikmalarini ommalashtirish, milliy, madaniy boyliklarni butun dunyoga namoyon etish imkoniyatlari paydo bo'ladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dasturning ishlab chiqilganligi asos bo'ladi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev: «Xalqaro valyuta jamg'armasi va nufuzli reyting agentliklari tahlillariga ko'ra, hozirgi qiyin va murakkab sharoitda O'zbekiston jahonning sanoqli mamlakatlari qatorida moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini tiklash va iqtisodiy faollikni oshirishga erishib kelmoqda. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th April, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 77 | P a g e Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari mol-mulkning haqiqatda mavjud ekanligini aniqlash, haqiqiy mol-mulkni hisob ma'lumotlari bilan solishtirish va majburiyatlarning hisobda to'g'ri ko'rsatilganligini tekshirishdan iborat. So'nggi yillarda chakana savdoda buxgalteriya hisobi va tahlili bo'yicha juda ko'p nashrlar paydo bo'ldi. Shu bilan birga, savdo tashkilotlarining buxgalterlari mavjud me'yoriy hujjatlarni qo'llash uchun zarur tushuntirishlar yo'qligi sababli doimiy ravishda axborot tanqisligini boshdan kechirmoqda. Inventarlash quyidagi hollarda talab qilinadi: - mulkni ijaraga berish, sotib olish, sotish uchun, shuningdek davlat korxonasi o'zgartirilganda (davlat tasarrufidan chiqarilganda); - yillik moliyaviy hisobot tuzilgunga qadar, hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o'tkaziladigan inventarizatsiya bundan mustasno. Pul mablag'lari, pul ekvivalentlari, aktivlar va asosiy hisob blankalari bir oyda bir marta, yoqilg'i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari har bir chorakda, qimmatbaho metallar sanoat yo'riqnomalariga muvofiq inventarizatsiya qilinadi. Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi: - asosiy vositalar va Tovar moddiy zaxiralarni qayta baholash; - moddiy javobgar shaxslar o'zgarganda (qabul qilingan kuni - ishlarni topshirish); - o'g'irlik yoki suiiste'mol qilish, shuningdek mulkni yo'q qilish; - tabiiy ofatlar, yong'inlar, ofatlar yoki g'ayritabiiy sharoitlar tufayli yuzaga kelgan boshqa favqulodda vaziyatlarda; - xo'jalik yurituvchi sub'ekt tugatilgan (qayta tashkil etilgan)da tugatish (ajratish) balansi tuzilgunga qadar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. Kollektiv javobgarlik nuqtai nazaridan inventarizatsiya jamoa rahbari o'zgarganda, uning a'zolarining ellik foizdan ortig'i jamoani tark etganda yoki bir yoki bir nechta jamoa a'zolarining iltimosiga binoan o'tkaziladi. Inventarizatsiyani o'tkazish bo'yicha tadbirkorlik sub'ektlari tarkibida: - xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o'rinbosari (komissiya raisi); - bosh buxgalter; - boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va boshqalar) bilan doimiy inventarizatsiya komissiyalari. Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xo'jalik yurituvchi subyektning ichki auditorlik tekshiruvi vakillari kiritilishi mumkin. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th April, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 78 | P a g e Iqtisodiy sohani, jumladan, bojxona tartiblarini liberallashtirish tufayli 2020 yilda eksport hajmi 15,1 milliard dollarni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 25 foizga o'sdi. Islohotlarimiz samarasining turli xalqaro reytinglarda tan olinishi mamlakatimiz uchun xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, joriy yilda 635 million dollarlik va 2,5 trillion so'mlik davlat yevroobligatsiyalari, Ipoteka bankining 785 milliard so'mlik va "O'zavtomotors" aksiyadorlik jamiyatining 300 million dollarlik korporativ obligatsiyalari chet el investorlariga sotildi. Sarmoyadorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga bo'lgan ishonchini keskin oshirishga muvaffaq bo'ldik. Investitsiyalarning umumiy hajmi qisqa muddatda 2,1 martaga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobarga yaqin o'sgani ham buning isbotidir. O'tgan uch yil mobaynida soliq sohasida yangi tizim joriy etildi. Soliqlar soni sezilarli darajada kamaytirildi, aylanma mablag'dan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirilib, ushbu soliq zanjirining yaxlit tizimi yaratildi. Yurtimizda kichik va xususiy biznes sub'yektlari ikki barobar ko'payib, sohada 1 million 400 mingta yangi ish o'rni yaratildi. Bu korxonalarning yarmidan ko'prog'i keyingi uch yilda tashkil etilgani alohida ahamiyatga ega. Tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish maqsadida 16 ta qonun, 100 dan ziyod qaror qabul qilindi. O'tgan bir yil davomida litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi hamda ularni berish muddatlari qisqartirildi. Shuningdek, o'zini o'zi ish bilan band qilgan aholi uchun qulay sharoit yaratish natijasida bir yilda 500 ming nafar fuqaro ro'yxatdan o'tib, faoliyatini qonuniy asosda yo'lga qo'ydi. Tadbirkorlik sohasidagi mana shunday yondashuv natijasida Jahon bankining "Biznesni yuritish" xalqaro reytingida O'zbekiston besh yil ichida 141-o'rindan 69-o'ringa ko'tarildi. Albatta, bu jiddiy ko'rsatkich, ammo u hali bi zni qoniqtirmaydi. Shuning uchun biz ushbu yo'nalishdagi ishlarimizni izchil davom ettiramiz." - deb ta'kidlagan edi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo'jalik faoliyati jarayonining yakuniy bosqichidan olinadigan tayyor maxsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muhim o'rin tutadi, chunki talab va taklifdan kelib chiqqan holda ularga o'rnatilgan baho mahsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Ushbu muomalalar va talablardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni tashkil yetganda tabiiy va moddiy resurslardan unumli foydalanish, https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th April, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 79 | P a g e ikkilamchi resurslarni va yondash mahsulotlarni keng talab etilishi lozim. Sub'ektga tegishli bo'lgan tovar-moddiy zaxiralari, shu jumladan, yo'ldagi va qayta ishlashga berilgan, ishlanadigan, qayta ishlanadigan, ishlab chiqarish va boshqa xo'jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan mehnat buyumlari, xomashyo va materiallar, aylanma mablag'larning tarkibiga kiritilgan mehnat buyumlarining tarkibi, miq dori, harakati, ularni tayyorlash, sotib olish, qayta baholash jarayonlari to'g'risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishning tartib va qoidalari o'rganiladi . Qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar "foydalanilmagan" yozuvi bilan tasdiqlanadi va ularni ro'yxatdan o'tkazish uchun javobgar bo'lgan shaxs tomonidan hisobot yili oxiriga qadar saqlanadi. Yil tugagach bunday foydalanilmagan ishonchnomalar bu haqda tegishli dalolotnoma tuzish bilan belgilangan tartibda yo'q qilinadi. Korxona ishonchnomalari bo'yicha tovar- moddiy boyliklarni berish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi: -to'ldirish tartibini buzgan holda yoki to'ldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan ishonchnomalar taqdim etilganda; -tuzatilgan va bo'yalgan joylari mavjud bo'lgan ishonchnomalar taqdim etilganda; -ishonchnomada ko'rsatilgan passport taqdim etilmaganda; -ishonchnoma berilgan muddat tugaganda; -qabul qilib oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi to'g'risida xabar olinganligida; -uning nomidan ishonchnoma berilgan yuridek shaxsning faoliyati to'xtatilganda; -ishonchli shaxs layoqtsiz, cheklangan layoqatli deb tan olinganda. Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. U keltirilgan materiallar soni, turi, sifatini mol yetkazib beruvchi tomonidan yuborilgan hujjalar (schyot-faktura, to'lov talabnomasi, spesifikasiya, tovar-transport yukxatlari)ga muvofiqligini tekshiradi.Keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlariga to'la muvofiq bo'lsa, omorchi kirim orderi tuzadi.Mol yetkazib beruvchining hujjatiga kirim orderining asosiy rekezitlarini mujassamlashtirgan muhr qo'yishga ruhsat etiladi. Xulosa. Shunday qilib, zamonaviy buxgalteriya hisobida inventarizatsiya o'tkazishning rivojlanishi, albatta, professional buxgalter ishining samaradorligi va sifatini oshirishga, shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektning moliyaviy- xo'jalik faoliyatini nazorat qilishni takomillashtirishga yordam beradi. Tovar- moddiy zaxiralar xisobida boshqaruv va moliyaviy hisob ob'ektlarini aniq https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th April, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 80 | P a g e belgilab olinishi va uni tadqiq etish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, ushbu masala yuzasidan aniq chegaralanish xaligacha belgilanmagan. Bu nafaqat material xarajatlarida, balki xisobning boshqa ob'ektlarida xam ko'zga tashlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar baxolanishi va uni auditni takomillashtirish yuzasidan yuqoridagi fikr va muloxozalarni umumlashtirgan xolda quyidagi xulosalarga kelindi: Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida xujalik faoliyati jarayonining yakuniy bosoqichidan olinadigan tayyor maxsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom-ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muxim o'rin tutadi, chunki, talab va taklifdan kelib chiqqan xolda ularga o'rnatilgan baxo (chunki, ushbu baxolarni tartibga solib turuvchi omil - bu tannarxdir) maxsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Foydalangan adabiyotlar 1. O'zbekiston Respublikasi "Auditorlik faoliyati to'g'risida"gi Qonuni. Yangi tahrirda 2013 yil 01 mayda 352-son bilan tasdiqlangan. 2. O'zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonuni. 2016 yil 13 aprelda tasdiklangan. 3. Давлятшаев, А. А., & Жамолиддинова, М. (2022). РАЗВИТИЯ ИНТЕРНАЦИОНАЛИЗАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ ОБРАЗОВАНИЯ В УСЛОВИЯХ РАСШИРЕНИЯ ГЛОБАЛИЗАЦИОННЫХ ВЗАИМООТНОШЕНИЙ. Gospodarka i Innowacje., 22, 133-139. 4. Ахmadохunova, X. O. (2021). O 'ZBEKISTON IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARIGA O'TISHNING ROLI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 2(8), 257-261. 5. Атабаева, З. А. (2020). ПОВЫШЕНИЕ У НАСЕЛЕНИЯ ЗНАНИЙ И НАВЫКОВ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В СФЕРЕ МАЛОГО И СЕМЕЙНОГО БИЗНЕСА. In МИНТАКД ИКТИСОДИЁТИНИ ИНВЕСТИЦИЯЛАШНИНГ МОЛИЯВИЙ-ХУКУКИЙ ВА ИННОВАЦИОН ЖИХДТЛАРИ (pp. 350-358). https://eglobalcongress.com/index.php/egc