E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 29 | P a g e MUHAMMAD YUSUF SHERLARINING TARBIYAVIY MOHIYATI Joldasova Yulduz Alliyarovna Nukus shahar 1-son ayrim fanlar chuqur o`qitiladigan sinflari mavjud umumiy o`rta ta’lim maktabining o`zbek tili fani o`qituvchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada yoshlarni Muhammad Yusuf shaxsiyatiga va bijodiga hurmat va ehtiromini oshirish, uning she’riyatiga qiziqtirish, fanga, adabiyotga, kitob o`qishga havas uyg`otish, yoshlarni vatanparvarlik, xalqparvarlik va milliy ruhda tarbiyalash masalasiga e’tibor qaratilgan. Shoirning “Vatan”, “Vatanim” kabi she’rlaridagi ona-Vatan madhi o’ziga xos tasvir uslubida bayon etilgani misollar asosida aniqlangan. Qolaversa, shoir she’riyatining badiiy va tarbiyaviy xususiyatlarini ochib berish nazarda tutilgan. Kalit so`z: vatan,yuz, ko`z, soch, samimiylik, ruhiyat, milliiylik ,shakl va mazmun, fonetik uslub, lisoniy birlik, badiiyat, ritm, uslubiyat, “Vatan”, “Vatanim”. Chinakam shoirning qalbida sohir qush doimo sayrab turadi, degan gapni ko`p bora eshitgandik. O`sha qush aynan Muhammadjon yuragiga oshyon qurganiga men astoydil ishonganman. Uning ko`zlari ham, chehrasi ham hamisha latif bir xonish qilganday edi. Abdulla Oripov O`zbekiston qahramoni Darhaqiqat sevimli shoirimiz Abdulla Oripov ta’kidlaganidek shoir yuragi muhabbatga limmo-lim qo`shiqlarga to`la edi.Bu qo`shiq esa bulbul ovozidek mayin har uyda har qalbda yangramoqda.O`zbekiston diyorining sevimli farzandi xalqona she’rlari bilan yosh-u qarining ko`nglidan birdek joy olgan adib Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog`ida tavallud topdi.Shoir ijodiga bir nazar tashlar ekanmiz undagi samimiyat so`zlarning soda va tushunarli ekanligi boshqa shoirlar she’rlarida uncha munchaga uchramaydigan vazminlik,yuraklarni titroqqa soladigan misralar bizni beixtiyor she’riyat olamiga diltortar navolar sari eltadi.Birgina “Vatanim” she’rini o`qigan kitobxon qalbida tug`ilgan go`shani onaga,singilga o’xshatgan emas yoki vatanning tol beshikdan boshlanishini faqat https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 30 | P a g e shu ijodkorgina o’z asarida ilk bor qo’llagan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, shoir Vatan haqidagi she’rlarining ko’pchiligida Vatanni onaga,singilga va opaga mengzadi. Masalan, “Vatanim”2 she’rida: Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi, Onam deymi, Hamdard-u hamhonam deymi, Oftobdan ham o’zing mehri, Ilig’imsan Vatanim. Shoir Vatan timsolini singlisida, onasida ko‘radi. Ona – buyuklarning eng buyugi, ulug‘larning eng ulug‘i, suyukli zotlarning eng suyuklisidir. Ba’zan bu so‘zga ta’rif berishga ojiz qolasan kishi. Bu nomga shoir-u yozuvchilarimiz o‘z ijod namunalarida munosib baho aytgan allalarchalik, ular bedor o‘tkazgan tunlarchalik nazm bitmasligi mumkin, biroq imkon qadar onani vasf etadi. Ana shuday buyuk zot timsolida shoir Vatanni ko‘radi. Darhaqiqt, bolaning ilk qadamini ko’rgan ona uchun bundan-da ortiq quvonch bo’lmaydi.Shoirning “Ona tilim” she’rida esa tariximiz haqida qalblarni larzaga soluvchi ta’sirli misralar joy olgan. Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta, Katta millat — Afandisi yo‘qdir hatto, Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda, Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Muhammad Yusuf xalqona she’rlar yozgani uchun ham xalq shoiri.Shoir she’rlarida milliylik,o`tmishga sodiq an’analar ham joy olgan. Milliyligi shundaki, u bir xalqning ma’naviy dunyosi, o`y -xayollari, madaniyatini qamrab oladi. Biz mehmondo`st, to`y-hashamlarni sevadigan, topgan tutganini kelganlar oldiga sochadigan xalqmiz. To`ylarimizda shunday udum bor, uzatilayotgan qiz ota uyini tark etayotganida ko`z yosh to`kadi. Farzand ota-ona bag`rida o`sib voyaga yetadi, butun mehrini ota-onasi, opa-singil, aka-ukaga https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 31 | P a g e beradi, shuning uchun qizlarga oilasini tark etish og`ir bo`ladi. Shoir mazkur she’rida shunday yozadi: Yomg`ir emas, bu xalqob Kelinchak ko`z yoshidir. Yig`lama yor, qiz bola Ijodkor boshqa bir she’rida «O`zbeklarga ayb sanalar faqat kelin yig`lamasa to`yi kuni» degan mulohazalarni aytadi. Aynan shu o`rinlarda milliy ruh yaqqol ifoda etiladi. Har bir millat o`zi yashayotgan joy va zamonda o`ziga xos tartibda amal qilib yashar ekan, u boshqa millat vakillaridan shunisi bilan farqlanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday deydi: “Mayli, yoshlar o`z davrining talablari bilan uyg`un bo`lsin. Lekin ayni paytda o`zligini ham unutmasin”. Ya’ni yurtboshimiz inson kim ekanligini, qanday ulug` zotlarning avlodi ekanligini esidan chiqarmasligini va bu so`zlar ularning qalbida hamisha aks-sado berib turishi lozimligini ta’kidlaydi. Demak, har bir xatti-harakatimizda o`zbekona ruh sezilib turmog`i kerak. Buyuk munaqqid Ozod Sharafiddinov ta’biri bilan aytganda, “Kamdan kam tug`iladigan iste’dod egasi” bo`lgan Muhammad Yusuf o`z she’rlarini xuddi ana shu ruh bilan sug`ordi.Shoirning umri qisqa, biroq abadiy yashaydigan xalqona she’rlari insonlarga milliy o`zlikni anglash hissini, faxr va g`ururlanish xislatlarini shakllantirishga xizmat qiladi, har bir nafasimizda «men o`zbekman » degan muqaddas tuyg`uni muhrlaydi. XULOSA Har bir insonning Vatani o‘ziga qadrli. Shoir uchun uning har hovuch tuprog‘I ko‘ziga to‘tiyodir. Shoir Muhammad Yusuf qalami bitgan, Vatanga,onaga,jamiki ezgu tushunchalarga bag‘ishlagan o‘tli misralari kitobxon nazdida, shoir siymosida chaqmoqdek yonib o‘tgan shoir-u betakror she’riyat doim xalq ardog‘ida bo‘lajagiga umid bilan boqishga chorlab turaveradi Vatan madhi uchun so‘zni qurol qilgan shoir Muhammad Yusuf xalqi va jonajon vatanining ertasi bilan kun-u tunlarni o‘tkazgan.Kelajak avlodlar esa shunday ulug` allomalar,shoirlar yurtida yashayotganidan faxrlansa arziydi.Sababi o`zbek xalqi boy o`tmishga,milliy an’ana va samimiylikka,qalbi muhabbatga to`la xalqdir. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 32 | P a g e Foydalanilgan adabiyotlar: 1 M.Yusuf. Ulug’imsan Vatanim. – Toshkent: O’zbekiston, 2010. – B. 9. 2 M.Yusuf. Saylanma. – Toshkent: Sharq, 2005. – B. 275 3.Ahmad S. Yo‘qotganlarim va topganlarim. – Toshkent, 2000. – B. 67. 4. Sharafiddinov O. Ma’naviy kamolot yo’llari. – Toshkent, 2001. – B. 26. 5. Mirvaliyev S., Shokirov R. O’zbek adiblari. – Toshkent, 2007. – B. 240. https://eglobalcongress.com/index.php/egc