E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 50 | P a g e BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TENDENSIYALARI Yo‘ldosheva Dilfuzaxon Alisher qizi, O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti, dilfuzayuldasheva876@gmail.com Annotatsiya: Mutaxassisning kompetensiyalarga ega, ya’ni faoliyatning qaysi usulini egallashi, nimalarni bajara olishi, nimalarga tayyorligini aniqlash-kompetentli yondoshuv deyiladi. Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarini tayyorlash sifatini boshqarishning konseptual muhim usullaridan biri-kasbiy ta’lim mazmunini modernizatsiyalashda kompetentli yondoshuvni amalga oshirishdir. Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligi komponentlari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: kreativ kompetentlik, kompetentli yondashuv, motivatsion komponent, kognitiv komponent, refleksiv komponent, aksiologik komponent, faoliyatli komponent, kommunikativ komponent, innovatsion komponent. KIRISH Dunyodagi ko‘p mamlakatlar (AQSh, Angliya, Polsha, Xitoy va boshqalar) olimlari ta’lim faoliyati sharoitida shaxsning kreativ kompetentligini rivojlantirish yo‘llarini o‘rganmoqdalar. Oliy ta’lim dasturlari doirasida fundamental bilimlar berishdan tashqari talabalarning kreativ, innovatsion salohiyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratadigan dasturlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday dasturlar gumanitar va tabiiy fanlar mutaxassisliklari kontekstida allaqachon Renselayer politexnika universiteti, Stenford universiteti (AQSh), Gonkong universiteti (Xitoy), Varshava universiteti (Polsha) kabi xorijiy universitetlarda to‘liq amalga oshirilmoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Kreativlik sohasida qiziqarli tadqiqot natijalari ikki guruh osiyolik olimlar tomonidan olingan. Ular amerikalik va osiyolik talabalarning kreativlikni idrok https://eglobalcongress.com/index.php/egc mailto:dilfuzayuldasheva876@gmail.com E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 51 | P a g e etishlarida madaniyatlararo farqlarni aniqladilar. Masalan, “kreativlikni o‘rganayotganda amerikalik talabalar moslashuvchanlik (turli g‘oyalarni o‘zgartirish, ular bilan moslashuvchan ishlash qobiliyati) bo‘yicha o‘zlarining ustunligini ko‘rsatsa, osiyolik talabalar g‘oyalarni takomillashtirish va murakkablashtirishda ustunlik qiladilar”. Polshadagi o‘qituvchilar va psixologlar kreativlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribalarini to‘plagan. Bu yerda kreativ salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha ishlar faqat maktabdan tashqari va nodavlat ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda bir qator tajribalar amalga oshirilib, ular doirasida umumta’lim maktablarining ta’lim dasturlariga o‘quvchilarning kreativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan darslarni kiritishga harakatlar boshlandi. Shu munosabat bilan oliy o‘quv yurtlari (masalan, Varshava kasb-hunar ta’limi akademiyasi) o‘qituvchilarni o‘zlarining ta’lim dasturlarini yaratish va ular yordamida maktab o‘quvchilarining kreativ salohiyatini rivojlantirishda ishtirok etish uchun maxsus tayyorlay boshladi. Pedagoglarni tayyorlash dasturi kreativlikni rag‘batlantirish va ularning samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish, kreativ shaxslarni qabul qilish, kreativ tasavvur va individuallikni rivojlantirish, kreativ muhitni yaratish, intuitsiya, kreativ salohiyatning har xil turlari va muvaffaqiyat tuyg‘usini rivojlantirish kabi muammolarni hal etishga qaratilgan. Buyuk Britaniya vakillari (Pilar Matud, M.Rodriges, C.Grande, J.Gender) ham kreativlikni rivojlantirish muammosiga alohida e’tibor qaratadi. Jahon ta’lim makonida kreativlikni rivojlantirish muammolarini retrospektiv tahlil qilish bir qator asosiy yo‘nalishlarni ajratish imkonini berdi: zamonaviy jamiyat rivojlanishining muhim sharti sifatida kreativlikni rivojlantirish muammosini davlat darajasida e’tirof etish; kreativlikni rivojlantirish muammosining madaniy va ijtimoiy shartlari mavjudligini anglab yetish; shaxsning kreativ salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish va ularni ta’lim jarayoniga joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy usul va shakllarni ishlab chiqish; kreativlik jarayonning to‘la huquqli ishtirokchisi sifatida o‘qituvchining malakali kasbiy pozitsiyasini shakllantirish. Ta’limda kompetentli yondashuvni amalga oshirishning yetakchi g‘oyasi shundan iboratki, bitiruvchilarda kompetensiyalar majmuasini shakllantirish ular egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi bilan aniqlanuvchi oliy ta’lim muassasasiga an’anaviy bo‘lgan maqsadga to‘laqonli https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 52 | P a g e mos kelmaydi. Bu yondoshuv L.S.Grebnev, N.M.Rozina, S.A.Smirnova, A.Zimnyaya, N.V.Kuzmina, T.D.Makarova, Dj.Raven, N.A.Selezneva, Yu.G.Tatur, G.Xutmaxer, A.V.Xutorskiy, N.A.Muslimov va boshqalarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. NATIJALAR VA MUHOKAMA Tadqiqot ishimiz doirasida talabalar kreativ kompetentligini rivojlantirishda ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozimligi aniqlandi: birinchisi – bo‘lajak o‘qituvchilar mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilim egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilish; ikkinchisi – o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi. Psixolog olima R.U.Davletova tadqiqot ishida kreativ kompetensiyasi komponentlarini nazariy modelini ishlab chiqqan bo‘lib, ular quyidagilardir: ❖ Emotsional komponent; ❖ Kognitiv komponent; ❖ Refleksiv komponent; ❖ Irodaviy komponent; ❖ Xulq-atvor komponenti; ❖ Motivatsion komponent. Yosh olima M.R.To‘raboyeva bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasi tuzilishini quyidagi komponentlarga ajratib ko‘rsatadi: ❖ motivasion komponentlar; ❖ refleksion komponentlar; ❖ informatsion komponentlar; ❖ ma’naviy-madaniy komponentlar; ❖ estetik komponentlar; ❖ akmeologik komponentlar; ❖ texnologik komponentlar; ❖ deklarativ komponentlar. Pedagogik-psixologik tadqiqotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini quyidagi komponentlari tuzilmasini shakllantirdik: https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 53 | P a g e 1. Motivatsion komponent - o‘qituvchining kelajakdagi pedagogik faoliyatda progressiv va samarali shaxsiy va kasbiy rivojlanishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyoj-motivatsion sohasini aks ettiradi. Komponentga quyidagilar kiradi: ehtiyojlar, tashqi va ichki motivatsiya, shu jumladan ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy belgilovchi omillar, shuningdek, faoliyatni keltirib chiqaradigan barcha turdagi motivlar (motivlar, manfaatlar, maqsadlar, istaklar, e’tiqodlar va boshqalar). Bo‘lajak o‘qituvchining shaxsini mustaqil kasbiy va pedagogik faoliyatda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirishga tayyorligini rag‘batlantiruvchi yo‘nalishdir. 2. Kognitiv komponent – o‘qituvchining kelajakdagi kreativ kompetensiyasining kognitiv asosidir. Ushbu komponentning mazmuni akmeologik, refleksiv va kasbiy-pedagogik bilimlarni, kognitiv faoliyat ko‘nikmalarini, akmeologik o‘z-o‘zini anglash va kreativ aqliy faoliyatni (ijodiy fikrlash) o‘z ichiga oladi. 3. Refleksiv komponent - ta’lim amaliyotida bo‘lajak o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanish mexanizmini aks ettiradi. O‘z-o‘zini baholash strategiyalari, o‘z-o‘ziga munosabat va samarali o‘zini o‘zi shaxsiy - kasbiy rivojlanishini boshqarish, hissiy-irodaviy tartibga solishni o‘z ichiga oladi. 4. Aksiologik komponent - bo‘lajak o‘qituvchining eng yuqori shaxsiy pedagogik ideallar, tasvirlar, namunalar va qadriyatlarni, shuningdek, doimiy samarali shaxsiy va kasbiy rivojlanishning qadriyatli yo‘nalishlarini aks ettiradi. 5. Faoliyatli komponent - o‘qituvchining kelajakdagi kreativ faoliyatini mohiyati, va tuzilishi aks ettiradi. Ushbu komponentning mohiyati bo‘lajak o‘qituvchining ijtimoiy va shaxsiy faoliyatini loyihalash va amalga oshirishning usuli, shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsadi sifatida shaxsiy “akme” ga erishish zaruriyatini qondirishga olib keladi. 6. Kommunikativ komponent - o‘quv jarayoni sub’ektlarining o‘zaro ta'sirini va qulay ishtimoiy-psixologik muhitni yaratish bilan bog‘liq o‘qituvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishni tashkil etishning kreativ jihatlarini belgilaydi. 7. Innovatsion komponent - ta’lim jarayonida samarali o‘qitish va axborot texnologiyalarini egallash va ularni qo‘llash jarayonini loyihalashtira olish. XULOSA Oliy ta’lim tizimiga kompetentli yondashuvning joriy etilishi ta’lim maqsadi, mazmuni, o‘qitish shakli, o‘qitish usullari, pedagogik texnologiyalari, nazorat usullarini hamda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi munosabatlarida https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 54 | P a g e jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. Jumladan, “bilimli” yondashuvida ta’lim maqsadi ta’lim oluvchidan har bir fandan alohida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltiradigan bo‘lsa, “kompetentli” yondashuvda ta’lim oluvchida fanlar bo‘yicha integrallashgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Shunga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etishning mavjud shakllari bo‘lgan ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini mazmun jihatidan o‘zgartirish nazarda tutiladi. Ma’ruza darslarining muammoli ta’lim shaklida, seminar darslarni kreativ tafakkurni va amaliy mashg‘ulotlarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishligi maqsadga muvofiq. Mustaqil ishlarni tashkil etishda individuallikka ahamiyat qaratish va ular hajmi jihatidan ko‘proqni tashkil qilishi kerak. Kompetentlikka yo‘naltirilgan yondashuv ta’limda qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning ham o‘zgartirilishini taqozo etadi. Bilimlarni berishda kreativ pedagogik texnologiyaga o‘tish talab etiladi. Kreativ pedagogik texnologiyada o‘qituvchi tomonidan taqdim etilayotgan turli individual topshiriqlar ijodiy faoliyatga qaratilgan bo‘lishi va ta’lim oluvchilarda har bir topshiriqni bajarishga ijodiy yondashuvni talab qilsin. Bu texnologiya o‘qituvchi o‘z o‘quv fani yuzasidan doimiy ijodiy izlanishga, ta’lim oluvchini esa, topshiriqlarni bajarishda faqat o‘z bilim va ko‘nikmalariga tayanish kerakligini o‘rgatadi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ogawa D., Kuehn-Ebert C, DeVito A. A differences in creative thinking between Japaneese and American fifth-grade children // Ibaraki University Faculty of Education Bulletin. 2001. № 40. P. 53-59. 2. Saeki N., Fan X., Van Dusen L. A comparative study of creative thinking of American and Japaneese college students // Journal of Creative Behavior. 2001.- № 26. - P. 242-254. 3. Karwowski M., Gralewski J., Lebuda I. Creative teaching of creativity teachers: Polish perspective // Thinking Skills and Creativity. 2007. Vol. 2. P. 57- 61. 4. Pilar Matud. M., Rodriguez C, Grande J. Gender differences in creative thinking // Personality and Individual Differences. 2007. Vol. 43. P. 137-147. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 55 | P a g e 5. Winner, E. Gifted children : Myths and relatives / E. Winner. — New York : Basic Books, 1996. — P. 122. 6. Дaвлетoвa P.У. Coциaльнo-пcиxoлoгичеcкие детеpминaнты кpеaтивнoй кoмпетентнocти cтудентoв: диcc. кaнд. пиc. нaук: . – 2016. – 155 c. 7. Тўрабоева М.- Бўлaжaк бoшлaнғич cинф ўқитувчилapининг шaxcий- кpеaтив кoмпeтeнцияcини pивoжлaнтиpиш методикаси: пед. фaнл. бўйичa фaлcaфa дoктopи (PhD). ...диcc. – Т.: 2022. – 41-42-б 8. Turdiyeva M. “Oliy ta`lim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni shakllantirish”.- T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008.- 38-42-b. 9. O‘rinova, N. M., & Yo‘Ldosheva, D. A. Q. (2021). Oliy o ‘quv yurti talabalarida kreativ kompetentlikni rivojlantirishda faol ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning mazmuni va samarali yo ‘llari. Science and Education, 2(12), 755-766. 10. Orinova, N. M. (2021). BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHILARNI KREATIVLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART- SHAROITLARI. Academic research in educational sciences, 2(9), 394-399. 11. Шокирова, М. М. (2020). BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISH-TA’LIM SIFATINI OSHIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA. Журнал Физико-математические науки, 1(2). 12. Yo‘ldosheva, D. A. (2022, August). TALABALARDA KREATIVLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH MASALASI TA'LIM TIZIMIDA SAMARADORLIKKA ERISHISHNING KAFOLATI. In International journal of conference series on education and social sciences (Online) (Vol. 2, No. 6). https://eglobalcongress.com/index.php/egc